1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana
Darsning maqsadi.: 1) O`quvchilarning 11 dan 100 gacha bo`lgan sonlar haqida egallagan bilimlarini mustahkamlash, metr va detsimetr o`lchov birliklarining hayotimizdagi o`rnini aytish, mavzuni turmushga bo`glab tushuntirish. 2) Mavzuning mohiyatini o`quvchilar ongiga singdirishda turli usullardan foydalanish, ilg`or texnologiya asosida yakka, jamoa bo`lib darsga jalb qilish orqali topqirlik, tezkorlik fazilatlarini tarbiyalab borish. 3) O‘quvchilarning matematik nutq va xotirani, o`quvchilar faolligini rivojlantirish, uzunlik o`lchov birliklari haqidagi bilimlarni boyitish. Dars turi: Mustahkamlash Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish. II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Uy vazifasi turli xil usullardan foydalangan holda tekshiriladi. O`tilgan mavzular yuzasidan “Matematik diktant” o`tkaziladi. III.Mustahkamlash: O`quvchilarga metr, detsimetr haqida bilimlarini mustahkamlash mnaqsadida tasmani olib, uni chizg`ich yordamida o`lchab ko`rsatish mumkin. Metr, detsimetr, santimetr- uzunlik o`lchov birliklari hisoblanib, kundalik hayotda ularni har bir qadamda uchratish mumkinligi haqida o`quvchilarga ta`kidlab o`tiladi. Masalan, sinfdagi stolning, stulning balandligini o`lchab ko`rsatish mumkin. Bu tasma 10 sm yoki 1 dm ga teng deb ataladi. 10 sm= 10dm, 100 sm= 1 m 1 m= 10 dm Metr-m , detsimetr- dm bilan belgilanishi tushuntiriladi. So`ng darslikdagi misol va masallar bajartiriladi. 1-misol og`zaki va yozma bajariladi.
30,40,50,60,70,80,90,100 89,78,69,59,49,39,29,19,9 91,92,93,94,95,96,97,98,99,100 2-misol daftarda va doskada bajariladi. O`quvchilar “Znjir’ usulida doskada bajaradilar. 30+3=33 40+5=45 69-9=60 87-7=80 70+3=73 70+8=78 48-8=40 54-4=50 4-masalada rasm asosida masala tuziladi qisqa shart tuziladi va yechimi topiladi. Bor edi ? ta Yeyishdi- 10 ta Qoldi- 5 ta Yechish: 10+5=15 ta Javob; 15 ta behi bo`lgan 4-misol bajariladi. 29>20 40>24 50=50 27>25 4-masalaning sharti o`qiladi, mazmuni tushuntiriladi. Qisqa shart tuziladi va yechimi topiladi. Qora qalam-28 ta Qizil qalam-10 ta Hammasi-? Ta Yechish: 28+10=38 ta Javob: Hamma qalamlar 38 ta Dam olish daqiqasi o`tkaziladi. IV. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi. V. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: Uyga vazifa darslikning 114-betidagi 6-misolni yechish topshirig`i beriladi.O`quvchilarga misol sharti tushuntiriladi...Dars yakunlandi. “Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________ 106-dars
Yüklə 0,85 Mb. Dostları ilə paylaş: |