1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana
Darsning maqsadi.: 1) O`quvchilarning bir va ikki xonalai sonlar haqida egallagan bilimlarini tekshirish, 21-100 gacha bo`lgan sonlarning tarkibi haqida tushunchalarini, ikki xonali sonlarni xona birliklariga ajrata olish ko`nikmalarini nazorat qilish. 2) O`quvchilarga dars jarayonida hamjihatlik, birodarlik tuyg`ularini singdirish. 3) O‘quvchilarning matematik nutq va xotirani rivojlantirish
Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin Dars jihozlari: Darslik, AKT Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish. II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Uy vazifasi turli xil usullardan foydalangan holda tekshiriladi. Dam olish daqiqasi o`tkaziladi. III.Nazorat ishini o`tkazish O`quvchilarga nazorat ishi haqida , uning o`tkazilish qoidalari haqida tushunchalar beriladi. O`quvchilarning bilimlarini nazorat qilish natijasida nazorat ishlari o`tkazishlari aytib o`tiladi.So`ng doskada yoki ekranda nazorat ishi savollari beriladi, o`quvchilarga ularni bajarish yo`llari tushuntiriladi. 4-nazorat ishi.Yozma ish I variant. Masalani yeching: Avtobusda 49 yo`lovchi bor edi. Bekatda 9 kishi tushib qoldi. Avtobusda nechta yo`lovchi qoldi. Misollarni yeching: 70+8= 60+4= 56-6= 77-7= 20+9= 40+3= Bo`sh kataklarni to`ldiring. 47= 40 + * 76= 70 + * Taqqoslang (>,<,=) 20 sm * 40 sm 70 dm * 10 dm II variant. Masalani yeching: Avtosaroyda 70 ta avtobus bor edi. Undan 40 tasi ertalab ishga chiqiqb ketdi. Avtosaroyda nechta avtobus qoldi? Misollarni bajaring: 60+8= 70+5= 50+7= 68-8= 40+9 52-2= Bosh kataklarni t`oldiring. 53= 50 + * 82 = 80 + * Taqqoslang: 30 sm * 50 sm 60 dm * 20 dm IV. O`quvchilarni baholash. O`quvchilar daftarlari yig`ib olinadi va darsdan tashqari baholanadi. V. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: Uyga vazifao`tilgan mavzular yuzasidan takrorlah..Dars yakunlandi.
117-dars
Yüklə 0,85 Mb. Dostları ilə paylaş: |