1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana
Darsning maqsadi.: 1) O`quvchilarning 11 dan 100 gacha bo`lgan sonlar haqida egallagan bilimlarini mustahkamlash,o`nliklar ustida amallar bajarish haqida tushuncha berish. 2) Mavzuning mohiyatini o`quvchilar ongiga singdirishda turli usullardan foydalanish, ilg`or texnologiya asosida yakka, jamoa bo`lib darsga jalb qilish orqali topqirlik, tezkorlik fazilatlarini tarbiyalab borish. 3) O‘quvchilarning matematik nutq va xotirani, o`quvchilar faolligini rivojlantirish, uzunlik o`lchov birliklari haqidagi bilimlarni boyitish. Dars turi: Aralash Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish. II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Uy vazifasi turli xil usullardan foydalangan holda tekshiriladi. So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan takrorlanadi. Sanoq cho`plar yordamida 10 tabirlik son bitta o`nlikni hosil qilishi haqida tushuncha beriladi.So`ng o`quvchilarga o`nlikllar sanoq cho`p;lar yordamida hosil qilinadi. 10- 1 ta o`nlik, 20- ikkita o`nlik, 30- uchta o`nlik , 40- to`rtta o`nlik, 50-beshta o`nlik, 60-oltita o`nlik, 70- yettita o`nlik, 80- sakkizta o`nlik, 90- to`qqizta o`nlik. O`nliklarni onliklrga qo`shgish ham ayirish ham mumkinligi tushuntiriladi. 10+10=20 1 o`nlik + 1 o`nlik= 2 ta o`nlik III. Mustahkamlash. Mavzuni mustahkamalsh uchun darslikdagi misollar bajariladi. 3-misol. Sariq cho`plar 6 ta o`nlik , ya`ni 60. Qizil cho`plar- 3 ta o`nlik, ya`ni 30. Hammasi- 9 ta o`nlik, ya`ni 90 ni tashkil etadi. 4-masalaning sharti o`qiladi, mazmuni tushuntiriladi. Qisqa shart tuziladi va yechimi topiladi. Shu o`rinda o`quvchilarda qushlarda g`amho`rlik hissini singdiriladi. Karimda – 10 ta Anvarda ham shuncha (10 ta) Hammasi- ? ta Yechish:10+10=20 (ta) Javob: Hamma kaptarlar 20 ta 5-misol daftarda va doskada bajariladi. 10+20 = 30 30-10<40 20+40>40 50+10<80 6-masalada rasmlar asosida masala tuziladi va yechimi topiladi. Bor edi- 40 ta Yeyildi- 10 ta Qoldi-? Ta Yechish: 40-10=30 (ta) Javob: qoldi- 30 ta olma 7- masalaning sharti o`qiladi, mazmuni tushuntiriladi. Qisqa shart tuziladi va yechimi topiladi. Shu o`rinda o`quvchilarni mehnatsevarlikka o`rgatish va quruvchilik kasbi haqida tushunchalar beriladi. Bir qishloqda- 30 ta Qo`shni qish;loqda- 20 ta Hammasi- ? ta Yechish: 30+20=50 (ta) Javob: Hammasi bo`lib 50 ta yangi uylar qurilgan. V. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi. VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: Uyga vazifa darslikning 116-betidagi 8-misolni ishlab kelish topshiriladi..O`quvchilarga misol sharti tushuntiriladi.Dars yakunlandi. “Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________ 120-dars
40> Yüklə 0,85 Mb. Dostları ilə paylaş: |