1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana
Darsning maqsadi.: 1) O`quvchilarning100 ichida qo`shish va ayirishga doir egallagan bilimlarini mustahkamlash. 2) Mavzuning mohiyatini o`quvchilar ongiga singdirishda turli usullardan foydalanish, ilg`or texnologiya asosida yakka, jamoa bo`lib darsga jalb qilish orqali topqirlik, tezkorlik fazilatlarini tarbiyalab borish. 3) O‘quvchilarning matematik nutq va xotirani, o`quvchilar faolligini rivojlantirish, uzunlik o`lchov birliklari haqidagi bilimlarni boyitish. Dars turi: Aralash Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish. II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Uy vazifasi turli xil usullardan foydalangan holda tekshiriladi. O`tilgan mavzuni mustahkamlash uchun “Tipratika” trenajyoribajariladi. Bu trenajyor mashqni bajarishda o`quvchilarda tezkorlik va hozirjavoblik sifatlari rivojlanadi.. III.Yangi mavzu bayoni: So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi. O`qituvchi darslikning 118-betidagi 1-misolni o`quvchilarga tushuntiradi. Bu misol jadval ko`rinishida bo`lib, o`quvchilar uni og`zaki bajaradilar. Jadvaldakamayuvchi , ayriluvchi berilgan bo`lib , ayirmani topish kerakligi o`qituvchi tomonidan tushuntiriladi. Bu misolni yechishda jadval tushirilgan plakatdan foydalanilsa maqsadga muvofiq bo`ladi. Jadvalni to`ldirishda o`qituvchiyordam beradi. Dam olish daqiqasi o`tkaziladi. IV. Mustahkamlash. Mavzuni mustahkamalsh uchun darslikdagi misollar bajariladi. 2- masalaning sharti o`qiladi, mazmuni tushuntiriladi, qisqa shart tuziladi va yechimi topiladi. Shu o`rinda o`quvchilarni mehnatsevarlikka o`rgatib boriladi. Bor edi – 48 m Qirqib olindi- 30 m Qoldi-? M Yechish: 48-30=18 m Javob: O`ramda 18 m gazlama qoldi. 3-misol og`zaki bajariladi. Har bir shaklning nomi aytiladi, farqi taqqoslanadi. 4-masala. Berilgan rasm asosida masala tuziladi va yechimi topiladi. O`quvchilarga tdbirkorlik haqida ma`lumot beriladi. Uzum- 20 kg Anor-? Kg Hammasi- 50 kg. Yechish: 50-20=30 kg Javob: Anor- 30 kg yi`g`ilgan 5-misol bajartiriladi. 29 < 92 71> 17 38=38 56<65 V. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi. VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: Uyga vazifa darslikning 118-betidagi 6-misolni ishlab kelish topshiriladi..O`quvchilarga misol sharti tushuntiriladi.Dars yakunlandi. “Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________ 121-dars
Yüklə 0,85 Mb. Dostları ilə paylaş: |