1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana
Darsning maqsadi.: 1) O`quvchilarning100 ichida qo`shish va ayirishga doir egallagan bilimlarini mustahkamlash, qavslar haqida bilim berish 2) Mavzuning mohiyatini o`quvchilar ongiga singdirishda turli usullardan foydalanish, ilg`or texnologiya asosida yakka, jamoa bo`lib darsga jalb qilish orqali topqirlik, tezkorlik fazilatlarini tarbiyalab borish. 3) O‘quvchilarning matematik nutq va xotirani, o`quvchilar faolligini rivojlantirish, uzunlik o`lchov birliklari haqidagi bilimlarni boyitish. Dars turi: Aralash Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish. II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Uy vazifasi turli xil usullardan foydalangan holda tekshiriladi. O`tilgan mavzuni mustahkamlash uchun”Matematik estafeta” o`tkaziladi. O`qituvchi tomonidan A4 formatdagi qg`ozga misollar yozilgan bo`ladi. O`quvchilar bu misollarni tez va to`g`ri yechib bo`lishlari lozim.. III.Yangi mavzu bayoni: So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi. O`quvchilar e`tibori “Qavslar” mavzusiga qaratiladi. Ekranda mavzu tushuntiriladi.Ekrandagi amallarni bajarishda qavslarga e`tibor berilishi lozimligi, ularni qanday tartibda bajarish kerakligi tushuntiriladi. 10+8=18 10+(5*3)= 15+3=(10+5)+3=10+(5+3)=10+8=18 15-3=(10+5)-3=10+(5-3)=10+2=12 Agar songa yig`indi yoki ayirmani qo`shish kerak bo`lsa, ular qavs ichida yoziladi. Qavs ichida berilgan ifoda birinchi bajariladi. 10+(5+3); 10+(5-3). Dam olish daqiqasi o`tkaziladi. IV. Mustahkamlash. Mavzuni mustahkamalsh uchun darslikdagi misollar bajariladi. 2-misol tushuntirish bilan doskada va daftarda bajartiriladi. 9 soniga 7 va 3 sonlarining yig`indisini qo`shing. 9+(7+3)=9+10=19 6 bilan 4 ning yi`g`indisidan 5 sonini ayiring; (6+4)-5=10-5=5 Yangi mavzuni mustahkamlsh uchun o`quvchilarga ekran orqali yoki A3 formatagi qo`g`ozda misollar va ularning javoblari beriladi. Barcha o`quvchilar ushbu misollarni javoblari bilan moslashtirishi lozim. So`ng sonlarni tarkibini to`ldirish mashqi bajartiriladi.Topshiriqda 40 sonining tarkibi to`ldiriladi. V. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi. VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: Uyga vazifa darslikning 119-betidagi 3-misolni ishlab kelish topshiriladi..O`quvchilarga misol sharti tushuntiriladi.Dars yakunlandi.
122-dars
Yüklə 0,85 Mb. Dostları ilə paylaş: |