1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə366/435
tarix02.01.2022
ölçüsü0,85 Mb.
#38169
1   ...   362   363   364   365   366   367   368   369   ...   435
1-sinf Matematika konspekt to`liq

Metod

Vaqt

1-bosqich. Tashkiliy qism

O'quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.

Savol-javob

2 minut

2-bosqich. Ehtiyojlarni (refleksiya) aniqlash

o'rganilgan materiallarni takrorlash, soda matematik amallarni bajarish.

Suhbat

3 minut

3-bosqich. Yangi mavzu bayoni

Mavzuga oid matematik amallarni bajarish

Dam olish daqiqasini o'tkazish



Suhbat, tushuntirish, muammoli izlanish

20 minut

4-bosqich.Yangi mavzuni mustahkamlash

Interfaol usullardan foydalanish.Multmediyadan foydalangan holda darsni mustahkamlash

O'yin

15 minut

5-bosqich. Baholash

Darsdagi faolligiga qarab o'quvchilar baholanadi.




3 minut

6-bosqich. Uygavazifa

Darslikdagi uyga vazifa ekanligi aytiladi, ularni yechish bo'yicha ko'rsatmalar beriladi.

Tushunti­rish

2 minut

Darsning maqsadi.:

1) O`quvchilarning100 ichida qo`shish va ayirishga doir egallagan bilimlarini mustahkamlash, 0 bilan tugaydigan ikki xonali sonlarni qo`shish va ayirishni mustahkamlash, ikki amalli masallarni ishlashni o`rgatish.

2) O`quvchilarni o`quv qurollarini asrab avaylashga, maktab jihozlarini yaxshi saqlashga o`rgatish.

3) O‘quvchilarning matematik nutq va xotirani, o`quvchilar faolligini rivojlantirish, uzunlik o`lchov birliklari haqidagi bilimlarni boyitish.

Dars turi: Aralash

Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin

Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash

O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish.

II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

Uy vazifasi turli xil usullardan foydalangan holda tekshiriladi.

0 bilan tugaydigan ikki xonalai sonlar mavzusini mustahkamlash uchun sonlar o`ntalab sanatiladi. Shu orqali tushirib qoldirilgan raqamlarni qatordagi o`rniga qo`yadi va 10 dan 1000 gacha oraliqda 10 talab to`g`ri va teskari sanaladi: 10,20,30,40,50,60,70,80,90; 90,80,70,60,50,40,30,20,10

“Sonlarni tarkibini to`ldiring” trenajyori o`quvchilar bilan bajariladi.

So`ng qavsli ifodalarda qavs ichi birinchi bajarilishi yana bir bor ta`kidlanadi. 35+(14+6)=35+20=55.

Darslikdagi 1-misol og`zaki bajariladi.

2-misol esa mustaqil ravishda daftarda bajariladi.

10- (6+3)=1 16-(7+3)=6 ( 6+4) -3=7

III.Yangi mavzu bayoni:

So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi.

Mavzuni tusuntirishda tasvirdan foydalaniladi.

Darslikdagi 3-masala ekranda aks etadi. 1-qutida 5 ta qalam bor. 2-qutidagi qalamlar soni 1-qutidagidan 2 ta ortiq. Ikkala qutida nechta qalam bor.



  1. 5 ta qalam

  2. ? , 2 ta ortiq. ? ta

Masalani ishlashdan avval o`quvchilar diqqatida masaladagi so`roqlar tanishtiriladi. Biz har doim 1 ta muammoli savol qoyar edik, bugungi masalamizda muammoli savolimiz 2 ta, shuning uchun masala shartiga ikkita so`roq qo`yilgan. Demak, bu maslamiz ikki amal bilan yechimi topilar eka, bu masala ikki amalli masala deyiladi.

Yechish: 1) 5+2=7 (ta) 2) 5+7=12 (ta)


Javob: Ikkala qutida 12 ta qalam bor

Dam olish daqiqasi o`tkaziladi.

IV. Mustahkamlash.

Mavzuni mustahkamalsh uchun darslikdagi misol va masalalar bajariladi.

4-mnisol doskada va daftarda bajariladi: 40+7=47 20+9=29 65-5=60 72-2=70

78-8=70 27+2=29 27-7=20 50+6=56

5-masala og`zaki bajariladi.Y

Yechish: 1) 22-10=12 (ta yo`lovchi 2-tramvayda) 2) 22+12=34 (ta ikkala tarmvayda)

Javob: Ikkala tramvayda 34 nafar yo`lovchi bor.

V. O`quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:

Uyga vazifa darslikning 125-betidagi 6-misolni ishlab kelish topshiriladi..O`quvchilarga misol sharti tushuntiriladi.Dars yakunlandi.

“Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________

129-dars


Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   362   363   364   365   366   367   368   369   ...   435




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin