Tayanch kompetensiyalar:kommunikativ kompitensiya:matematikaga oid terminlarni tushunib to‘g‘ri o‘qiy olish, mustaqil ravishda o‘quv masalasini topa olish va ifodalay olish.
Fanga oid kompetensiyalar: o‘quvchilar vektorlarni qo‘shish va ayirish haqida tushunchaga to‘liq ega bo‘lishlari va matematika har bir insonning kundalik hayotda uchraydigan muammolarni hal qilish vositasi ekanligini tushunish.
Darsning uslubi:savol-javob, munozara.
Darsning ko‘rgazmali qurollari: darslik, doska, bo‘r, tarqatma materiallar, jadvallar, dars ishlanma
Darsning borishi: Tashkiliy qism: 1) Salomlashish 2) O`quvchilar davomatini aniqlash 3)Uy vazifasini tekshirish
Mustahkamlash: Vektor qanday belgilanadi? Vektor deb nimaga aytiladi? Vektorning yo‘nalishi deb nimaga aytiladi? Vektorning moduli deb nimaga aytiladi?
Yangi mavzu bayoni: Vektorlarni qo‘shish. Bizga a va b vektorlar berilgan bo‘lsin Ixtiyoriy A nuqtani belgilaymiz va bu nuqtadan a vektorga teng AB vektorni qo‘yamiz. So‘ngra В nuqtadan b vektorga teng ВС vektorni qo‘yamiz. Endi a vektorning boshi A nuqtadan b vektor uchi С ga yo‘nalgan
vektor o‘tkazamiz . AC vektor a va b vektorlarning yig‘indisi deyiladi. Vektorlarni qo‘shishning bu qoidasi «ucburchak (uch nuqta) qoidasi» deyiladi. a va b vektorlarning yig‘indisi a + b kabi belgilanadi. Uchburchak qoidasini quyidagicha ifodalasak ham bo‘ladi. Agar А, В va С ixtiyoriy nuqtalar bo‘lsa, и holda bo 'ladi.
Uchburchak qoidasi istalgan А, В va С nuqtalar uchun, shu bilan bir qatorda ulardan ikkitasi yoki uchtasi ustma-ust tushganda ham o‘rinli bo‘ladi
Vektorlarni qo‘shish qonunlari. a va b vektorlardan tuzilgan ABCD parallelogrammda yig‘indi vektor qo‘shiluvchi vektorlarning umumiy boshidan chiquvchi diagonalidan iborat. Odatda, vektorlarni bunday qo‘shish, vektorlarni qo‘shishning «parallelogramm qoidasi (usuli)» deyiladi
Ma'lumki, parallelogrammning qarama-qarshi tomonlari o‘zaro teng va parallel. Agar yo‘nalishlari bir xil bo‘lsa, parallelogrammning qarama-qarshi tomonlari teng vektorlarni ifoda qiladi.
Vektorlarni ayirish. Vektorlarning har biri noldan farqli bo‘lganda ularning yig‘indisi nol vektor bo‘lishi mumkin. Masalan, ABC uchburchakni
qaraylik (175- rasm). Bunda AB, ВС va CA vektorlar yig‘indisi nol vektor
b o‘ladi, ya'ni: AB + ВС+CA = 0, chunki birinchi vektorning boshi bilan В
Mustahkamlash: 1) Uchburchak va parallelogramm qoidasiga ko‘ra vektorlar yig‘indisi qanday topiladi?
2.)Berilgan vektorga qarama-qarshi vektor deb nimaga aytiladi?
Ikki vektor ayirmasi deb nimaga aytiladi?