1-dars Mavzu: 7-sinfda o‘tilganlarni takrorlash Darsning ilmiy maqsadi



Yüklə 39,63 Mb.
səhifə1/71
tarix12.09.2023
ölçüsü39,63 Mb.
#142858
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71
8-s. geom. Umumiy


Sana: _______________ sinf: 8a
Sana: _______________ sinf: 8b
1-dars
Mavzu: 7-sinfda o‘tilganlarni takrorlash
Darsning ilmiy maqsadi: Mavzu bo`yicha DTS talablari asosida tushuncha berish nazariy olgan bilimlarini amaliyotga tadbiq qilish, o`quvchilar bilimini mustaxkamlash, mustaqil fikrlashga o`rgatish. Darsning ilmiyligiga e`tabor berish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: Dars davomida ahloqiy ishlarni olib borish, o`quvchilarni jamoa guruh bo`lib ishlashga o`rgatish.
Rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarni axloqiy sezuvchanligini oshirish, matematikk bilimlarini mavzu bo`yicha olgan bilimlari bilan rivojlantirib borish.
Tayanch kompetensiyalar:Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:mavzu doirasida ko‘rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish.
Fanga oid kompetensiyalar: o‘rganilgan matematik usullardan kundalik vaziyatlarda mehnatni yengillashtirish maqsadida foydalana olish.
Dars turi: noan`anaviy
Dars jihozi: O`quv qo`llanma, turli hil plakat va tarqatma testlar, darslik, ko‘rgazma

  1. Tashkiliy qism: 1) Salomlashish 2) O`quvchilar davomatini aniqlash 3) Uy vazifasini tekshirish

II. Mustahkamlash: Qo‘shni burchakar deb nimaga aytiladi? Qo‘shni burchaklarning yig‘indisi nechaga teng? Vertical burchaklar deb nimaga aytiladi?
III-Yangi mavzu bayoni:
O‘zaro qo‘shni va vertikal burchaklar
Ta’rif. Bittadan tomonlari umumiy bo‘lib, ikkinchi tomonlari bir-birini to‘ldiruvchisi bo‘lgan burchaklar o‘zaro qo‘shni burchaklar deyiladi.
1-teorema. Qo‘shni burchaklarning yig‘indisi yoyiq burchakka teng.
Isboti. AOB va BOC berilgan qo‘shni burchaklar bo‘lsin (93-rasm). OB nur yoyiq burchakning AO va OC tomonlari orasidan o‘tadi. Shuning uchun AOB va BOC ning yig‘indisi 180o ga, ya’ni yoyiq burchakka teng bo‘ladi. Teorema isbotlandi.
Ta’rif. Ikki to‘g‘ri chiziqning kesishishidan hosil bo‘lgan burchaklarning ichida o‘zaro qo‘shni bo‘lmaganlari vertikal burchaklar deyiladi.
2-teorema. O‘zaro vertikal burchaklar bir-biriga teng.
Isboti. 1 va 3 berilgan vertikal burchaklar bo‘lsin (95-rasm). 2 burchak, 1 va 3 burchaklar bilan qo‘shni burchakdir. 1 va 3 burchaklarning har biri 2 burchakni 180o gacha to‘ldiradi. Bundan 1 va 3 burchaklar teng. Teorema isbotlandi.
95-rasmda 1 burchak 3 burchakka, 2 burchak 4 burchakka vertikaldir.
Masala (197). Ikki qo‘shni burchakning kattaliklari nisbati 4:5 kabi bo‘lsa, ularning har biri kattaligini toping. Yechilishi. Ma’lumki, 4 + 5 = 180o. Bundan: 9 = 180o yoki  = 20o­; 4 = 4  20o = 80o; 5 = 5  20o = 100o.

Yüklə 39,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin