II variant Qavariq oltihburchakning burchaklari 2,4,4,6,8,12 sonlari ga proporsional bo‘lsa, shu burchaklarni toping.
2. Parallelogrammning bir tomoni boshqasidan 4 marta kam, perimetri esa 25 sm ga teng. Parallelogrammning tomonlarini toping.
3. To‘g‘ri to‘rtburchakning perimetri 80 sm. Agar tomonlaridan biri boshqasidan 3 marta kam bo‘lsa, uning tomonlarini toping.
4. Rombning burchaklaridan biri boshqasidan ortiq bo‘lsa, rombning barcha burchaklarini toping.
Uyga vazifa:takrorlash
O‘IBDO‘:________________M. B. Zikiryayeva
Sana: _______________ sinf: 8a Sana: _______________ sinf: 8b 9-dars Mavzu: Trapetsiya va uning xossalari
Darsning maqsadi: Ta’limiy maqsadi; o‘quvchilarga trapetsiya va uning xossalari haqida bilimlarini oshirishdan iborat
Rivojlantiruvchi maqsadi; o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma, va malakalarini mustaxkamlashdan iborat.
Tarbiyaviy maqsadi; o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.
Tayanch kompetensiyalar:Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:mavzu doirasida ko‘rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish.
Fanga oid kompetensiyalar: o‘quvchilar trapetsiya va uning xossalari haqidagi tushunchaga to‘liq ega bo‘lishlari va matematika har bir insonning kundalik hayotda uchraydigan muammolarni hal qilish vositasi ekanligini tushunish. Dars turi; muammoli , noananaviy
Dars jixozlari ; plakat ,tarqatma materiallar , darslik
Darsning borishi ; Tashkiliy qism: 1) Salomlashish 2) O`quvchilar davomatini aniqlash 3) Uy vazifasini tekshirish
O‘tilganlarni mustahkamlash: 1. Uchburchakning o‘rta chizig‘i deb nimaga aytiladi? 2. Berilgan uchburchakda nechta o‘rta chiziq yasash mumkin? 3. Uchburchakning o‘rta chizig‘i haqidagi teoremani ifodalang. Yangi mavzuning bayoni Trapetsiya. To‘rtburchaklarning burchaklari yoki qarama-qarshi tomonlarining o‘zaro joylanishiga qarab ular turli sinflarga ajtratiladi. Shu sinflardan eng soddasi — trapetsiya bilan tanishamiz.
To‘rtburchakda ikki juft qarama-qarshi tomonlari bor. Shunday to‘rtburchaklar mavjudki, ularda bir juft qarama-qarshi tomonlari parallel to‘g‘ri chiziqlarda yotishi mumkin. Masalan, l1,l2parallel to‘g‘ri chiziqlar-ning har biridan ikkitadan nuqta olib, ularni o‘zaro tutashtirsak (13-rasm), ABCD yoki KLMN to‘rtburchaklarning bir juft qarama-qarshi tomonlari parallel bo‘ladi.
T a ' r i f . Ikkita tomoni parallel, qolgan ikki tomoni parallel bo‘lmagan to‘rtburchak trapetsiya deb ataladi. Trapetsiyaning parallel tomonlari uning asoslari, parallel bo‘lmagan tomonlari esa yon tomonlari deb ataladi. Trapetsiyaning asoslari yotgan to‘g‘ri chiziqlar orasidagi masofa trapetsiyaning balandligi deyiladi (14-rasm). Trapetsiya asoslariga perpendikular bo‘lgan har qanday kesma, uning balandligi sifatida olinishi mumkin, chunki parallel to‘g‘ri chiziqlar nuq-talari orasidagi masofalar o‘zaro teng.