Masala. Ikkita qo‘shni tomoni a va b bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchakni yasang.
Yasash. A to‘g‘ri burchak yasaymiz (32-rasm). Uning tomonlarida AD = a va AB = b kesmalarni qo‘yamiz. B va D nuqtalar orqali p AB va q AD to‘g‘ri chiziqlarni o‘tkazamiz. p AB va AD AB bo‘lgani uchun p|| ADbo‘ladi. q to‘g‘ri chiziq AD to‘g‘ri chiziq bilan kesishgani sababli, u unga parallel bo‘lgan p to‘g‘ri chiziqni biror C nuqtada kesadi. Hosil bo‘lgan ABCD to‘rtburchak — to‘g‘ri to‘rtburchak bo‘ladi. Unda yasashga ko‘ra A, B va D burchaklar to‘g‘ri, C burchak ham to‘g‘ri (Agar to‘g‘ri chiziq ikkita parallel to‘g‘ri chiziqdan biriga perpendikular bo‘lsa, u ikkinchi to‘g‘ri chiziqqa ham perpendikular bo‘ladi.)
To‘g‘ri to‘rtburchaklarni yasashning boshqa usullari ham bor.
Mustahkamlash:Qanday parallelogramm to‘g‘ri to‘rtburchak deyiladi? To‘g‘ri to‘rtburchakning dioganallari teng bo‘ladimi? 53. To‘g‘ri to‘rtburchakning perimetri 54 sm ga, tomonlaridan biri esa ikkinchisidan 3sm ga uzun. Qo‘shni tomonlar uzunliklarini toping.
54. To‘g‘ri to‘rtburhakning bissektrisalaridan biri to‘g‘ri to‘rtburchak tomonini teng ikkiga bo‘ladi. To‘g‘ri to‘rtburchakning kichik tomoni 12 sm ga teng bo‘lsa, uning perimetrini toping.
5 5. ABCD to‘g‘ri to‘rtburchakda AC diagonal o‘tkazilgan. ACB burchakdan 2 marta katta ekani ma’lum. Shu burchaklarni toping. 55 – masala. To‘g‘ri to‘rtburchakning bissektrisalaridan biri to‘g‘ri to‘rtburchak tomonini teng ikkiga bo‘ladi. to‘g‘ri to‘rtburchakning kichik tomoni 12 sm ga teng bo‘lsa, uning perimetrini toping. Yechish:
Demak - teng yonli: AB = BE = 12 sm.
CE = BE = 12 sm va BC = 24 sm
PABCD=
56. to‘g‘ ri to‘rtburchakning kichik tomoni 10 sm ga teng, diagonallari esa 600 li burchak ostida kesishadi. Shu to‘g‘ri to‘rtburchakning diagonallarini toping.