Dars usuli:noananaviy
Dars jixozlari: plakat ,tarqatma materiallar , darslik
Darsning borishi :
Tashkiliy qism: 1) Salomlashish 2) O`quvchilar davomatini aniqlash 3) Uy vazifasini tekshirish
O‘tilgan mavzuni mustahkamlash: 1. Qanday to‘rtburchakka parallelogramm deyiladi?
2. Parallelogramm qavariq to‘rtburchak bo‘ladimi?
3. Parallelogrammning: 1) hamma burchaklari o‘tkir bo‘lishi mum- kinmi? 2) burchaklaridan faqat bittasi to‘g‘ri bo‘lishi mumkinmi?
4. Parallelogrammning qo‘shni burchaklari yig‘indisi 180° ga teng ekanini isbotlang
Yangi mavzuning bayoni Parallelogrammning qarama-qarshi burchaklari va tomonlari teng. Shuningdek, parallelogramm trapetsiya xossalariga ega bo‘lgani uchun uning ikki qo‘shni burchagi yig‘indisi 180° bo‘ladi. Trapetsiyadan farqli, parallelogrammda ixtiyoriy ikki qo‘shni burchak yig‘indisi 180° bo‘ladi.
Parallelogrammning diagonali uni ikkita teng uchburchakka ajratishini isbotladik. Bunda parallelogramm burchaklari yig‘indisi uni tashkil qilgan uch- burchaklar ichki burchaklari yig‘indisiga teng bo‘ladi. Demak, parallelogramm ichki burchaklari yig‘indisi 360° ga teng ekan.
P arallelogrammning alomatlari bilan tanishamiz.
teorema.
(1-alomat.) Agar to‘rtburchakning ikkita tomoni teng va parallel bo‘lsa, bu to‘rtburchak parallelogrammdir.
Isbot. ABCD to‘rtburchakda AB = DC va AB\\ DCbo‘lsin Uning BD diagonalini o‘tkazamiz. Natijada ikkita teng ABD va CDB uchburchaklarga ega bo‘lamiz (ikki tomoni va ular orasidagi burchagiga ko‘ra), chunki ularda AB = DC (shartga ko‘ra), BD tomon — umumiy, <1 = <2 (А В va DC parallel to‘g‘ri chiziqlar hamda BD kesuvchi bilan kesishishidan hosil bo‘lgan ichki almashi- nuvchi burchaklar bo‘lgani uchun). Uchburchaklarning tengligidan, <3 = <4 ekani kelib chiqadi. Bu burchaklar AD va ВС to‘g‘ri chiziqlar hamda BD kesuvchi bilan kesishishidan hosil bo‘lgan ichki almashinuvchi burchaklar, demak, AD\\ BC.
Shunday qilib, ABCD to‘rtburchakning qarama-qarshi tomonlari jufti- jufti bilan parallel. Shuning uchun, parallelogramm ta'riliga ko‘ra ABCD to‘rtburchak — parallelogrammdir.
4>3>2>1>