1-dars Mavzu: 7-sinfda o‘tilganlarni takrorlash Darsning ilmiy maqsadi



Yüklə 39,63 Mb.
səhifə5/71
tarix12.09.2023
ölçüsü39,63 Mb.
#142858
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71
8-s. geom. Umumiy

4-dars
Mavzu: Parallelogramm va uning xossalari
Darsning ilmiy maqsadi: Mavzu bo`yicha DTS talablari asosida tushuncha berish nazariy olgan bilimlarini amaliyotga tadbiq qilish, o`quvchilar bilimini mustaxkamlash, mustaqil fikrlashga o`rgatish. Darsning ilmiyligiga e`tabor berish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi:Dars davomida ahloqiy ishlarni olib boorish, o`quvchilarni jamoa guruh bo`lib ishlashga o`rgatish.
Rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarni axloqiy sezuvchanligini oshirish, matematikk bilimlarini mavzu bo`yicha olgan bilimlari bilan rivojlantirib boorish.
Tayanch kompetensiyalar:Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:mavzu doirasida ko‘rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish.
Fanga oid kompetensiyalar: o‘rganilgan matematik usullardan kundalik vaziyatlarda mehnatni yengillashtirish maqsadida foydalana olish.
Dars uslubi : Aralash , suhbat
Dars jihozi: O`quv qo`llanma, turli hil plakat va tarqatma testlar

  1. Tashkiliy qism: 1) Salomlashish 2) O`quvchilar davomatini aniqlash

3) Uy vazifasini tekshirish
II. O`tilgan mavzuni mustahkamlash:
1) Ko‘pburchakning berilgan uchidagi ichki burchagi nima? Tashqi burchagi-chi?
2) Qavariq n burchakning ichki burchaklari yig‘indisi nimaga teng? Har bir uchidan bittadan olingan tashqi burchaklarining yig‘indisi-chi?
III.Yangi mavzu bayoni:

Ta'rif. Qarama-qarshi tomonlari o‘zaro parallel bo‘lgan to‘rtburchak


parallelogramm deb ataladi.
Agar ABCD parallelogramm bo‘lsa, AB || DC va AD || BC bo‘ladi (21- rasm). Parallelogrammning qarama-qarshi tomonlariga perpendikular bo‘lgan kesmalar parallelogrammning balandliklari deyiladi. Parallelogrammning, umuman aytganda, bir-biridan farq qiladigan ikkita balandligi bo‘ladi. Masalan, 22- rasmda BP va BF balandliklardir.
1-teorema.Parallelogrammning diagonali uni ikkita teng uchburchakka bo‘ladi.
Isbot. ABCD parallelogramm berilgan bo‘lsin, unda AB || CD va BC || AD. Uning AC diagonalini o‘tkazamiz (23- rasm). Bunda ABCD parallelogramm ADC va CBA uchburchaklarga ajraladi. ADC = CBA ekanini isbotlaymiz. Bu uchburchaklarda AC -- umumiy tomon va unga yopishgan mos burchaklar teng, ya'ni F1=F3 (AB va DC parallel to‘g‘ri chiziqlar hamda AC kesuvchi bilan kesishishidan hosil bo‘lgan ichki almashinuvchi burchaklar bo‘lgani uchun) va F2=F4 (AD va BC parallel to‘g‘ri chiziqlar hamda AC kesuvchi bilan kesishishidan hosil bo‘lgan ichki almashinuvchi burchaklar bo‘lgani uchun). Uchburchaklar tengligining ikkinchi alomatiga ko‘ra: ADC = CBA.
Bu teoremadan ushbu natijalar kelib chiqadi: 1-natija. Parallelogrammning qarama-qarshi tomonlari teng. 2-natija. Parallelogrammning qarama-qarshi burchaklari teng.

Yüklə 39,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin