Tayanch kompetensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:mavzu doirasida ko‘rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish.
Fanga oid kompetensiyalar: o‘quvchilar uchburchaklar o‘xshashligining uchinchi alomati haqidagi tushunchaga to‘liq ega bo‘lishlari va matematika har bir insonning kundalik hayotda uchraydigan muammolarni hal qilish vositasi ekanligini tushunish.
Dars turi: noan`anaviy
Dars jihozi: O`quv qo`llanma, turli hil plakat va tarqatma testlar, darslik, ko‘rgazma
Tashkiliy qism: 1) Salomlashish
2) O`quvchilar davomatini aniqlash
3) Uy vazifasini tekshirish
Mustahkamlash: Uchburchak deb nimaga aytiladi? Uchburchakning bissektrisasi deb nimaga aytiladi?
Uchburchakning mediaasi deb nimaga aytiladi? Uchburchakning medianasi deb nimaga aytiladi?
Yangi mavzu bayoni:ABC uchburchak В burchagining bissektrisasini o‘tkazamiz (2-rasm). Uning AC tomon bilan kesishgan nuqtasini Lbilan belgilaymiz. Hosil bo‘lgan BLkesma ABCuchburchakning bissektrisasi deb ataladi.
Uchburchak burchagi bissektrisasining uchburchak ichida yotgan qismi (kesmasi) uchburchak bissektrisasi deyiladi. ABC uchburchakning В uchidan AC tomon yotgan to‘g‘ri chiziqqa perpendikulartushiramiz (3-rasm). Perpendikular asosini H bilan belgilaymiz. Hosil bo‘lgan BH kesma ABC uchburchakning balandligi deb ataladi.
Uchburchak uchidan shu uch qarshisidagi tomon yotgan to‘g‘ri chiziqqa tushirilgan perpendikular, uchburchakning balandligi deb ataladi.
Darsni mustahkamlash: 3. Teng yonli uchburchakni toping:
4. Uchburchak balandligi qaysi shaklda ko‘rsatilgan?
Darsga yakun yasash va baholash – darsning maqsadini yana bir bor eslatish va unga qanchalik erishilganligini o‘quvchilar bilan birgalikda aniqlash. O‘quvchilarning mavzu bo‘yicha savollariga javob berish, ulaming o‘zlashtirganlik darajasini aniqiash, darsning asosiy lahzalarini qayd qilish. Darsda faol qatnashgan o‘quvchilarni tilga olish va baholash;
6. Uyga vazifa 11-12- mashqlar