4. Yangi mavzuni mustahkamlash: 1. O‘zaro qo‘shni burchaklarni chizing. Ularni o‘lchang va yig‘indisini toping. 2. O‘zaro qo‘shni burchaklarning biri ikkinchisidan 3 marta katta bo‘lsa, ularning kattaliklarini toping. 3. 43o54'28" li burchakka qo‘shni bo‘lgan burchakning kattaligi nimaga teng? 4. Qo‘shni burchaklarning biri ikkinchisidan 120o katta bo‘lsa, ularning har biri necha gradusdan? 5. 30o li burchak chizing. Unga qo‘shni bo‘lgan burchakni yasang. Uning kattaligi necha gradus? 6. 60o li burchak yasang. Unga vertikal burchakni chizib, bu burchak kattaligi ham 60o ekanligini asoslang. 7. Qo‘shnisi 51o32'24" bo‘lgan a burchakka vertikal bo‘lgan burchak necha gradus? 8. Umumiy tomonga ega bo‘lgan 24o li hamda 60o li ikki burchakni chizing. Bir tomonini umumiy bo‘lgani uchun ularni qo‘shni burchaklar deya olamizmi?
5. Darsga yakun yasash va baholash– darsning maqsadini yana bir bor eslatish va unga qanchalik erishilganligini o‘quvchilar bilan birgalikda aniqlash. O‘quvchilarning mavzu bo‘yicha savollariga javob berish, ulaming o‘zlashtirganlik darajasini aniqiash, darsning asosiy lahzalarini qayd qilish. Darsda faol qatnashgan o‘quvchilarni tilga olish va baholash;
6. Uyga vazifa5-6- mashqlar
O‘IBDO‘:________________M. B. Zikiryayeva
Sana: _______________ sinf: 8a Sana: _______________ sinf: 8b 2-dars Mavzu: 7-sinfda o‘tilganlarni takrorlash
Darsning ilmiy maqsadi: Mavzu bo`yicha DTS talablari asosida tushuncha berish nazariy olgan bilimlarini amaliyotga tadbiq qilish, o`quvchilar bilimini mustaxkamlash, mustaqil fikrlashga o`rgatish. Darsning ilmiyligiga e`tabor berish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: Dars davomida ahloqiy ishlarni olib borish, o`quvchilarni jamoa guruh bo`lib ishlashga o`rgatish.
Rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarni axloqiy sezuvchanligini oshirish, matematikk bilimlarini mavzu bo`yicha olgan bilimlari bilan rivojlantirib borish.