1-dars Mavzu: 7-sinfda o‘tilganlarni takrorlash Darsning ilmiy maqsadi



Yüklə 39,63 Mb.
səhifə4/71
tarix12.09.2023
ölçüsü39,63 Mb.
#142858
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71
8-s. geom. Umumiy

3-dars
Mavzu: Ko‘pburchak ichki va tashqi burchaklarining xossasi.
Darsning ta’limiy maqsadi; o‘quvchilarga ko‘pburchaklar haqida umumiy tushuncha berishdan iborat
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi; o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma, va malakalarini mustaxkamlashdan iborat.
Darsning tarbiyaviy maqsadi; o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.
Tayanch kompetensiyalar:Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:mavzu doirasida ko‘rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish.
Fanga oid kompetensiyalar: o‘quvchilar uchburchaklar o‘xshashligining uchinchi alomati haqidagi tushunchaga to‘liq ega bo‘lishlari va matematika har bir insonning kundalik hayotda uchraydigan muammolarni hal qilish vositasi ekanligini tushunish.
Dars turi; muammoli
Dars jixozlari ; plakat ,tarqatma materiallar , darslik
Darsning borishi ; 1.Tashkiliy qism: salomlashish, davomatni aniqlash
Mustahkamlash:Uchburchaklar tengligining birinchi alomatini ayting? Uchburchaklar tengligining ikkinchi alomatini ayting? Uchburchaklar tengligining uchinchi alomatini ayting?
Yangi mavzuning bayoni
1 - ta'rif. Tekislikning sodda yopiq siniq chiziq bilan lining ichki sohasining birlashmasi yassi ko‘pburchak deb ataladi.
Ko‘pburchakning chegarasiga tegishli bo‘lmagan nuqtalari shu ko‘pbur- chakning ichki nuqtalari, chegaraning nuqtalari — chegaraviy nuqtalar deyiladi. Siniq chiziqning uchlari ko‘pburchakning uchlari, uning bo‘g‘inlari ko‘pburchakning tomonlari deb ataladi.
Ko‘pburchakning hamma tomonlari uzunliklarining yig‘indisi ko‘pbur­chakning perimetri deyiladi.

Ko‘pburchakning tomonlari (uchlari) soni o‘zining burchaklari soniga teng. Shunga qarab, ular uchburchak, to‘rtburchak va hokazolarga bo‘linadi.
5-a rasmda ABCDE beshburchak tasvirlangan. 5-b rasmdagi tasvirlangan shakl esa ko‘pburchak emas, chunki qo‘shni bo‘lmagan A:A5 va A2A3 (shuningdek, A3A4 va /1,/U tomonlari umumiy nuqtaga ega.
Ko‘pburchakning bir tomoniga tegishli ikki uchi qo‘shni uchlar deyiladi. Ko‘pburchakning qo‘shni bo‘lmagan ixtiyoriy ikki uchini birlashtimvchi kesma uning diagonali deyiladi.
3. Ko‘pburchakning diagonallari soni haqida.
Teorema.
Qavariq n burchakning diagonallari soni ga teng.
Isbot. Ko‘pburchakning ixtiyoriy uchini olsak, u bilan bir tomonga tegishli bo‘lgan ikkita uch mavjud. Bir tomonga tegishli bo‘lmagan uchlar soni esa (n — 3) ta. Shuning uchun ko‘pburchakning har bir uchidan chiqqan diagonallari soni (n — 3) ga teng. Hamma uchidan chiqqan diagonallar soni esa n(n — 3) ta ga teng. Bunda har bir diagonal ko‘pburchakning ikki uchini tutashtirgani sababli, ikki martadan hisobga olingan. Demak, ko‘pburchakningjami turli diagonallari soni undan ikki marta kam bo‘ladi, ya'ni n ga teng
Mustahkamlash: Ko‘pburchakning diagonali deganda nimani tushunasiz?
1) Ko‘pburchak uchlarining soni n bilan tomonlarining soni p orasida qanday bog‘lanish bor?
2) Har qanday siniq chiziq tekislikni ikki qismga ajratadi, deyish to‘g‘rimi? Javobingizni izohlang
Darsga yakun yasash va baholash – darsning maqsadini yana bir bor eslatish va unga qanchalik erishilganligini o‘quvchilar bilan birgalikda aniqlash. O‘quvchilarning mavzu bo‘yicha savollariga javob berish, ulaming o‘zlashtirganlik darajasini aniqiash, darsning asosiy lahzalarini qayd qilish. Darsda faol qatnashgan o‘quvchilarni tilga olish va baholash;
Uyga vazifa : 18-19- mashqlar

O‘IBDO‘:________________M. B. Zikiryayeva


Sana: _______________ sinf: 8a
Sana: _______________ sinf: 8b

Yüklə 39,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin