III.Yangi mavzu bayoni:
O`quvchilarga turli qushlarning sayrashi eshittiriladi.
Chor atrifga atrim sochib,
Novdalarim g`uncha ochib,
Jannat yurtga shoshib-shoshib,
Mana, keldim sabo bilan.
O`qituvchi: She`r nima haqida ekan?
Nimalarning tovushlarini eshitdingiz?
- Demak, bolajonlar, bugungi darsimizning mavzusi “Bahor.Kishilarning bahordagi mehnati” deb nomalandi.
O`quvchilar bahor fasliga ketma-ket ta`rif beradilar.
So`ng o`qituvchi tomonidan bahor tabiati haqidagi film namoyish etiladi, rasmlar ko`rsatiladi.
Dam olish daqiqasida “Hakka” qo`shig`i ijro etiladi.
O`qituvchi darslikning 40-sahifasidagi rasmni kuzatishni aytadi.Matn o`quvchilarga o`qib beriladi. Mazmuni so`zlatiladi.
Bahorda dalalarda ishlar qizib ketadi. Dehqonlar kartoshka, karam, bodring, pomidor, qovun-tarvuz ekdilar. Bog`bonlar bog`larga daraxt ko`chatlari o`tqazdilar. Paxtakorlar keng maydonlarga chigit ekdilar.
Bahorda tuproq nam bo`ladi. Ekinlar quyoshning nuri va issiqlik tufayli yayrab o`sadi. Men ham ko`chatlarni ekishda kattalarga yordam berdim.
O`quvchilar bilan maktabimizda o`tkazilayotgan ko`chat ekish ishlarida o`quvchilar tomonidan ko`rsatilayotgan yordamlar haqida aytib o`tiladi.
Dostları ilə paylaş: |