Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
Navbatchi axborotini tinglash
Darsga hozirlik ko`rish.
Fasl haqida suhbat.
II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
Uyga berilgan vazifa “Kishilarning bahordagi mehnati” mavzusi yuzasidan savol-javoblar o`tkaziladi.
O`quvchilar bilan “Davom ettir” mashqi bajariladi. (O`qituvchi hikoyani boshlab beradi, o`quvchilar esa davom ettirishlari kerak)
III.Asosiy qism:
O`quvchilarga Nazorat ishi o`tkazilishi aytiladi. O`quvchilarning bilimlarini tekshirish maqsadida test savollari o`tkaziladi.
Ovqat pishirganda nimalardan foydalanamiz?
Choygumdan B) qozondan C) piyo;adan D) likopchadan
Uy jihozlariga nimalar kiradi?
Stol, stul, kitob javoni B) qozon, coygum, likopcha
C)stol stul divan D) barchasi to`g`ri
3. Elektr jihozlari berilgan qatorni aniqlang:
A) changyutgich, dazmol, televizor.B) mikroto`lqinli pech, sovutgich, changyutgich
C) telegon, televizor, kompyuterD) barchasi to`g`ri
4. Kimpyuterda nimalar qilinadi?
A) xabarlashiladi, chang artiladi, o`ynaladi B) yoziladi, chiziladi, o`yinlar o`ynaladi.
C) yangiliklarni bilish mumkin, ovqat tayyorlanadi. D) to`g`ri javob yo`q.
5. O`zbekiston dalalarida nimalar yetishtiriladi?
A) sabzavot, qovun-tarvuz B) mevalar, paxta C) bug`doy va mevalar D) barchasi to`g`ri
6. Xonadonimizga ichimlik suvi nimalar orqali keladi?
A) ariqlar B) anhorlar C) daryolar D) quvurlar
7. Mevalarni qanday suvda yuvish kerak?
A) anhor suvida B) toza suvda C) ko`l suvda D) ariq suvoda
8. Bahor fasli oylari berilgan qatorni aniqlang.
A) yanvar , fevral, mart B) mart, aprel, may C) fevral, mart, aprel D) to`g`ri javob yo`q
9. Bahor faslida qanday qushlar issiq o`lkalardan uchib keladi?
A) qaldirg`och, turna B) jiblajibon, chumchuq C) mayna, hakka, D) jiblajibon, mayna
10. Bahor faslida dala va bug`doyzorlarda qanday ishlar bajariladi?
A) sabzavot va meva ko`chatlari ekiladi.
B) sabzavot va meva hosillari yi`g`ib olinadi.
C) dala va bo`g`lar sug`oriladi.
D) to`g`ri javob yo`q.
So`ng o`qituvchi tomonidan Navro`z bayrami haqidagi film namoyish etiladi, rasmlar ko`rsatiladi.
Dam olish daqiqasida “Hakka” qo`shig`i ijro etiladi.
O`qituvchi darslikning 42-sahifasidagi rasmni kuzatishni aytadi.Matn o`quvchilarga o`qib beriladi. Mazmuni so`zlatiladi.
O`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida suhbat o`tkaziladi.So`ng o`quvchilarga mavzu yuzasidan mustahkamlovchi savol-javoblar o`tkaziladi.
Siz bahorda qanday ishlarni bajarasiz?
Kishilarning bahordi yumushlari haqida nimalarni bilasiz?
Navro`z qanday bayram?
So`ng “’Xotira mashqi; o`tkaziladi.
Dostları ilə paylaş: |