III.Yangi mavzu bayoni:
O`qituvchi o`quvchilarga yangi mavzuni e`lon qiladi.O`quvchilarning turli xil manzillarda yashashlari, qarindosh-urig`lari, yaqin kishilarnikiga mehmonga borishlari haqoida aytiladi. Demak har kuni biz ko`chada yurishimizga tog`ri kelar ekan.
Ko`chada qanday yurish kerak? Degan savol bilan o`quvchilar orasida muammoli vaziyat yaratiladi.
O`quvchilar O`z fikrlarini turlicha bayon qilishadi. Kimdir yo`l qoidalariga rioya qilish kerak, yana kimdir kattalarga salom berish kerak deya javob berishadi. O`quvchilarning javoblari umumlashtiriladi va yangi mavzu bayon qilinadi.
O`quvchilartning diqqati darslikning 8-sahifasidagi rasmlarga qaratiladi. Har bir rasm bilan tanishtiriladi va mazmuni ochib boriladi. Demak , biz shahrda istiqomat qilamiz. Tabiiyki shahr ko`chalarida transportlar gavjum. Turli xil yo`llar bor. Agar bizning yo`limizda katta, tarnsportlar serqatnov ko`chalar uchrasa albatta biz yo`l harakati qoidalariga amal qilishimiz zarur. Buning uchun maxsus piyodalar yo`lagidan yurib , maxsus piyodalar o`tish chizig`i (zebra chizig`idan) svetoforga qarab yo`lni kesib o`tishimiz lozim. Svetofor bu tarnsportlarni boshqarin turadigan maxsus qurilma. Svetoforning 3 ta ko`zi bor. Bu ko`zlarning yonishi orqali qizil chiroq (to`xta) sariq chiroq (tayyotlan) yashil chiroq (yur) degan ma`nolarini bildiradi. Svetofor meketi o`quvchilarga ko`rsatiladi. Biz esa transportlar ( ya`ni turli xil mashinalar) to`xtagan vaqtda yo`lni kesib o`tishimiz kerak bo`ladi.
Shuningdek agar biz avtobus, trmvay, metroda qatnaydogan bo`lsak , transportda yurish qoidalariga amal qilishimiz lozim. Maxsus bekatda transportni kutishimiz, keyon esa orqa eshigidan chiqib, old eshigidan tushishimiz lozim. Shu o`rinda o`quvchilarga yo`l haqqi to`lashimiz, o`zimizdan katta insonlarga turib joy berishimiz, transportning o`rindiqlariga ziyon yetkazmasligimiz, ularga turli xil chiqindilar tashlamasligimiz kerakligi uqtiriladi.
Dostları ilə paylaş: |