III.Yangi mavzu bayoni:
O`qituvchi o`quvchilarga yangi mavzuni e`lon qiladi. O`quvchilardan avval qayerda yashashlari so`raladi. Ko`pchilik o`quvchilar ko`p qavatli uylarda turishlarini , yana mahallada turishlarini aytishadi. O`qituvchi bugun biz sizlar bilan “Bizning mahalla” mavzusi bilan tanishamiz.
Mahalla biz tug`ilib o`sgan joy hisoblanadi. Mahalla ham bizning kichik Vatanimiz. Aytingchi mahallada bizlar kimlar bilan yashaymiz? Barakalla, qo`ni-qo`shnilar bilan. Biz qo`ni-qo`shnilar bilan ahil , inoq va qadrdon bo`lib ketganmiz. Qo`shnilar bilan tez-tez bir-birimiznikiga bo`rib turamiz, to`y-hashamlarda, ma`rakalarda bizlarga albatta qo`shnilarimiz ko`proq yordam beradi. Ko`p qavatli uylarda yshovchilarning ham bir eshikda kirib-chiqadigan qo`shnilari bo`ladi. Shuningdek uylari yonida bir nechta uylar ham bo`ladi. Ular ham mahallada yashashadi.
Bizning maktabimiz ham ko`p qavatli uylar joylashgan mahallada joylashgan. Bizning mahallamizning nomi “” mahallasi deyiladi.
Har bir mahallada shu yerda yashovchi aholi uchun qulaylik yaratish maqsadida o`z nonvoyxonalari, do`konlari, mahalla guzarlari bo`ladi. Nonvoyxonalarda issiq nonlar yopiladi, do`konlarda kundalik ehtiyoj uchun zarur narsalar sotiladi, mahalla guzarlarida esa mahallaning keksa otaxonlari yig`ilib choyho`rlik qilishadi, maslahatli ishlarni hal qilishadi. Har birimizning mahallamiz toza, ozoda, oboddir. Har kuni hovli-ko`chalar tozalanib, suvlar sepiladi. Chiroyli gullar ekiladi. Biz ham mahallamizning obodligi uchun kattalarga qo`limizdan kelan yordamni ayamasligimiz lozim.
Dostları ilə paylaş: |