IV. Mustahkamlash.
Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida ishlar olib boriladi. Darslikda berilgan rasmlar asosida suhbatlar uyushtiriladi. Har bir rasmning tarbiyaviy tomoni yoritib boriladi.
V. O`quvchilarni baholash.
Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.
VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:
Uyga vazifa darslikning 4-5- sahidfasida berilgan rasmlarni kuzatib, oz fikrlarini izohlab berishga tayyorlanib kelish topshiriladi.. Dars yakunlandi.
2-dars
Sana:
Mavzu: Bizning mahalla
Darsning maqsadi.:
1)O`quvchilarga mahalla, mahallada yashovchi insonlar, ular bilan o`zaro munosabat haqida ma`lumot berish.
2) O`quvchilarni toza va ozoda yurishga, tartibli, mehr-oqibatli, do`st-o`rtoq bo`lishga, jamoat joylarida odob saqlashga, Vatanni sevishga o`rgatish.
3)O‘quvchilarga o`z mahallasini tavsiflay olish ko`nikmasini , toza-ozoda yurish malakasini, partada o`tirish qoidalari haqidagi bilimlarini rivojlantirish.
Dostları ilə paylaş: |