13-dars
Fan: Atrofimizdagi olam.
Sana:
Mavzu:Yovvoyi hayvonlar
Darsning maqsadi.:
1)O`quvchilarga yovvoyi hayvonlar haqida tushuncha berish, ularni parvarish qilish haqida tushuncha berish.
2)O`quvchilarni tabiatni sevishga o`rgatish , tabiat in`omlariga g`amhorlik qilishga, ularni parvarishlashga o`rgatish.
3) O‘quvchilarning yovvoyi hayvonlar haqidagi malakalarini rivojlantirish, hayvonlar haqidagi bilimlarini boyitish..
Dars turi: Aralash
Dars metodlar: Suhbat, «Aqliy hujium» interfaol metodi,tarmoqlash.
Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar.elektron darslik
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
Navbatchi axborotini tinglash
Darsga hozirlik ko`rish.
Fasl haqida suhbat.
II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
Uyga berilgan vazifa “Uy hayvonlari va parrandalar ” mavzusi yuzasidan savol-javoblar o`tkaziladi.
Uy hayvonlarining boshqa hayvonlardan farqi?
Parrandalarning turlari?
Uy hayvonlarining , parrandalarning inson uchun ahamiyati.
Ularni qanday parvarish qilish mumkin?
O`quvchilarning javoblari tinglanadi va to`ldiriladi.
Multimedia orqali o`tho`r va go`shtho`r hayvonlar ko`rsatiladi. o`quvchilarga ertak namoyish etiladi.Dam olish daqiqasida “Ayiqpolvon” qo`shig`i eshittiriladi.
Dostları ilə paylaş: |