III.Yangi mavzu bayoni:
O`quvchilarga turli qushlarning sayrashi eshittiriladi.
Chor atrifga atrim sochib,
Novdalarim g`uncha ochib,
Jannat yurtga shoshib-shoshib,
Mana, keldim sabo bilan.
O`qituvchi: She`r nima haqida ekan?
Nimalarning tiovushlarini eshitdingiz?
- Demak, bolajonlar, bugungi darsimizning mavzusi “Bahor. Qushlar bizning do`stimiz” deb nomalandi.
- Bahorning ilk belgilarini kim menga aytib beradi?
O`quvchilar bahor fasliga ketma-ket ta`rif beradilar.
So`ng o`qituvchi tomonidan bahor tabiati haqidagi film namoyish etiladi, rasmlar ko`rsatiladi.
Dam olish daqiqasida “Hakka” qo`shig`i ijro etiladi.
O`qituvchi darslikning 38-sahifasidagi rasmni kuzatishni aytadi.Matn o`quvchilarga o`qib beriladi. Mazmuni so`zlatiladi.
Bahor faslini qanday fasl deymiz?
Bahor bizga qanday hislatlari bilan sevimli?
Qanday bayramlarni bahorda nishonlaymiz?
O`qituvchi bayramlar haqida kengroq ma`lumot beradi. 21-martda umumxalq bayrami bo`lgan Navro`z bayrami xalq sayllariga boy tantanalar bilan o`tishi aytiladi. Navro`z- yangi kun demakdir. Navro`zda kun va tun tenglashadi. Navro`zda sumalak , halim , ko`k somsa va ko`k chuchvaralar pishiriladi. Dehqonbobo yerga urug` qadaydi. O`quvchilar Navro`zda qilinadigan ishlar va urf-odatlar haqidagi bilganlarini aytadilar.
So`ng “Qushlar’ haqidagi videolavha ko`rsatiladi.
Dostları ilə paylaş: |