1. Darsning qurilishi va bosqichlari: Dars-o’quv-tarbiyaviy ishlarini uyishtirishning muhim vositasi



Yüklə 8,43 Kb.
səhifə1/3
tarix07.01.2024
ölçüsü8,43 Kb.
#205146
  1   2   3
1-seminar ona tili metodika


1- seminar mashg’uloti.
Boshlang`ich sinflarda ona tili darslarini kuzatish va tahlil qilish
Reja:
1. Darsning qurilishi va bosqichlari:
2. Dars-o’quv-tarbiyaviy ishlarini uyishtirishning muhim vositasi.
3. Darsning tiplari. Yaqin didaktik maqsadlar dars tipini belgilashning asosi hisoblanishi.
ADABIYOTLAR
1. Karima Qosimova va boshqalar Tosh.2009
2. Boshlangich sinflar uchun ona tili va o’qish darslari, o’quv dasturlar
3. I Mirzayev “Dars tahlili” Tosh.1998
Darsning qurilishi va bosqichlari:
a) tashkiliy qism va unga qo’yiladigan talablar;
b) o’quvchilar ilgargi darsda olgan bilimlarini mustahkamlash;
v) yangi darsni bayon qilish usullari;
g) darsni mustahkamlash bosqichi va vazifalari;
d) darsni yakunlash va uyga vazifaga berilgan hamda o’quvchilar bilimini baholash.
Dars kuzatish va tahlil qilish orqali o‘quvchilarning umumiy tayyorgarligi, bilim olishdagi faoliyati, o‘quv fanga bo‘lgan qiziqishi, diqqat bilan ishlashi, matn, xarita, jadval, asboblar bilan mustaqil ishlay bilishi, o‘qituvchiga bo‘lgan munosabati aniqlanadi. Shu bilan birga o‘qituvchining faoliyati ham tahlil qilinadi. 
O‘qituvchining o‘quv dasturi materiallarini bilish darajasi, yangi mavzuni tushuntirish jarayonida asosiy fikrni ajratib olishi, ilmiylik va soddalik, ko‘rgazmalilik tamoyillariga rioya qilishi, dars maqsadini to‘g‘ri qo‘yishi, dars jarayonni to‘g‘ri rejalashtirishi, darsda hamkorlikka erisha olishi, bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishni nazorat etish, o‘quvchilar bilan yakka va jamoada ishlashni tashkil eta bilishi, dars mobaynida vaqtdan unumli foydalanishi va pedagogik muamala madaniyatini egallaganlik darajasi, kabi jihatlar inobatga olinadi.
DARS QUYIDAGI MAQSADDA KUZATILADI VA TAHLIL QILINADI:
  • Ta’lim va tarbiya jarayoni sifatini aniqlash;
  • O‘qituvchining pedagogik mahoratini oshirishga yordam berish;.
  • Ilg‘or ish usullari va metodlarini o‘rganish va ommalashtirish;.
  • O‘qituvchilarning o‘zaro tajriba almashishi;
  • O‘quvchilarning bilimi va tarbiyalanganlik darajasini aniqlash;
  • Ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish;
  • O‘quvchilarning bilish faoliyatini o‘rganish;
  • Dars jarayonida yuzaga kelashi mumkin bo‘lgan xato va kamchiliklarning oldini olish o‘qituvchiga amaliy va metodik yordam ko‘rsatish;
  • Ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilar psixologik xususiyatlarinng
  • Tomonlarida o‘ziga xosligini e’tiborga oliish;
  • Darsda o‘quvchilarni faollashtirish va mavzuni o‘zlashtirishlari e’tiborga olinganligi.


  • Yüklə 8,43 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin