Kasbga o‘qitish ko‘lamini 2 barobarga oshirish, jami 1 mln nafar ishsiz fuqarolarni joriy yildan boshlab kasb-hunarga o‘qitish ishlarini yo‘lga qo‘yish.
Ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish ko‘lamini 2 barobarga oshirish.
Bunda:
har yili kasb-hunarga o‘qitiladigan fuqarolar soni, hududlar va tarmoqlar kesimida ishsiz va ish qidirayotgan shaxslarni kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga oid davlat buyurtmasini ishlab chiqish;
mahalla kasb-hunarga o‘qitish maskanlari tarmog‘ini kengaytirib, ularning sonini 1 000 taga yetkazish;
16 ta “Ishga marhamat” monomarkazlari va 59 ta kasb-hunarga o‘qitish markazlari quvvatlaridan samarali foydalangan holda ishsiz fuqarolarni professional kasblar, tadbirkorlik ko‘nikmalari va xorijiy tillarga o‘qitish;
Monomarkaz huzuridagi “O‘quv-maslahat ofis”lariga xorijiy davlatlardan, jumladan, Rossiya, Turkiya, Yaponiya, Koreya, Germaniyadan 100 ga yaqin xorijiy o‘qituvchilarni jalb qilish;
kasb-hunarga o‘qitishda nodavlat ta’lim muassasalarining ishtirokini 30 foizga yetkazish maqsadida kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha grantlar e’lon qilish.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
N. Xusanov, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
S. Xolxo‘jayev, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
A. Toshqulov, Moliya vazirligi
T. Ishmetov, Savdo-sanoat palatasi raisi
A. Ikramov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari
199.
Umumta’lim maktablari kasb o‘rganish istagidagi bitiruvch�larini davlat tomonidan kamida bir kasbni egallashiga ko‘maklashuvchi tizimni joriy etish bo‘yicha takliflarni kiritish.
1. Umumta’lim maktablarining yuqori sinf o‘quvchilari tarkibidan kasb-hunar o‘rganish istagida bo‘lganlarini aniqlash va kasb-hunarga o‘qitish imkoniyatlarini tahlil qilish hamda bu borada ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish.