267.
|
Buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini keng targ‘ib qilish maqsadida yurtimizdan yetishib chiqqan allomalarning asarlarini xalqchil tarjimasini amalga oshirish, ular asosida ilmiy va ommabop risolalar yaratish.
|
1. Malakali islomshunos olimlardan iborat tarjimonlar guruhini tuzish.
2. Tarjima qilinadigan asarlar ro‘yxatini shakllantirish va tarjimasini amalga oshirish.
3. Allomalarimiz merosidagi yoshlarni komil inson etib tarbiyalash, ularda bag‘rikenglik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy-ommabop risolalar nashr etish.
4. 2022-yilda 15 ta asarning xalqchil tarjimasini amalga oshirish.
|
Amaliy chora-tadbirlar
|
2022-yil davomida
|
Loyihalarda ko‘rsatilgan hisoblar asosida (Innovatsion rivojlanish vazirligining loyiha mablag‘lari)
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi
Sh. Minovarov,
Bosh vazir o‘rinbosari
(lavozim bo‘yicha)
|
O‘zbekiston Xalqaro islom akademiyasi
M. Komilov,
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Sh. Ziyodov,
Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Sh. Umarov,
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
D. Maxsudov
|