2. Imom Buxoriy asarlarida tarannum qilingan yuksak odob-axloq, ilmga muhabbat, Vatanga sadoqat singari ezgu umuminsoniy qadriyatlarni keng targ‘ib qilish maqsadida “Imom Buxoriy asarlari misolida islom san’ati ko‘rgazmasi”ni o‘tkazish.
Bunda:
ko‘rgazma konsepsiyasi va chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish;
ko‘rgazmani Italiya, Shveysariya, Turkiya, Birlashgan Arab Amirliklari va boshqa davlatlarda o‘tkazish.
74-maqsad. Jamiyatda millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash.
269.
Milliy madaniy markazlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish.
1. Madaniy faoliyat sohasidagi davlat siyosatini amalga oshiruvchi organlar tarkibiga Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasini qo‘shish hamda uning madaniy faoliyat sohasidagi vakolatlarini belgilashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish.