5-maqsad. Ixcham, professional, adolatli, yuqori natijadorlikka xizmat qiladigan davlat boshqaruvi tizimini joriy qilish.
16.
Davlat boshqaruvi organlari rahbarlari tomonidan tashkiliy-huquqiy masalalarni o‘zlari mustaqil hal etishi va tashabbus ko‘rsatishi uchun zarur sharoitlarni yaratish.
1. Vazirlik va idoralar shtat birliklari sonini Moliya vazirligi tomonidan belgilangan cheklov doirasida ularning rahbarlari tomonidan mustaqil belgilash, xodimlarga ish hajmi va samaradorligiga qarab maosh to‘lash tartibini joriy qilish.
2. Vazirlik va idoralar rahbarlari tomonidan mustaqil hal etiladigan tashkiliy-huquqiy masalalar doirasini belgilash.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi birinchi o‘rinbosari
K. Kuranbayev,
Bosh vazir o‘rinbosari
J. Qo‘chqorov
Moliya vazirligi
T. Ishmetov, Adliya vazirligi
R. Davletov
17.
Davlat boshqaruvi organlarining hududiy masalalarni hal qilishdagi mas’uliyati va javobgarligini kuchaytirish hamda ularning strategik yo‘nalishlarini rejalashtirishga qaratilgan yangi tizim yaratish.
1. Barcha bo‘g‘indagi davlat boshqaruvi organlarining bir yillik ish dasturini, shu jumladan jamoatchilik ishtirokida ishlab chiqish, ularning ijro holatini doimiy e’lon qilib borish amaliyotini yo‘lga qo‘yish.
2. Davlat organlarida murojaatlarni tahlil qilish, ijtimoiy so‘rovlar va jamoatchilik muhokamalarini o‘tkazish natijalaridan kelib chiqib, hududlar (tuman, shahar, qishloq va mahalla) kesimida o‘z tuzilmalarining faoliyati bo‘yicha ochiq dasturlar ishlab chiqish.
3. Davlat boshqaruvi organlari hududlar bo‘yicha qabul qilingan dasturlar ijrosini ta’minlashga qaratilgan yagona nazorat tizimini yaratish.
4. Davlat boshqaruvi organlari tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning ijro etilishi jarayonini jamoatchilik tomonidan kuzatib borish tizimini yaratish.
5. Har bir tarmoq va hudud bo‘yicha qabul qilingan dasturlar ijrosi yuzasidan rahbarlarning hisobot berish tizimini takomillashtirish.