31.
|
Elektron davlat xizmatlarining ulushini oshirish.
|
1. “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali davlat organlari hamda xususiy tijorat tashkilotlari o‘rtasida ma’lumot almashinuvi yo‘lga qo‘yish asosida byurokratik jarayonlarni qisqartirish.
2. Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda shaxsni identifikatsiya qilishning Mobile ID tizimini joriy qilish.
3. Shaxsga doir ma’lumotlarni himoyalanishini ta’minlaydigan ruxsat berish hamda xabardor qilish tizimini joriy etish.
4. Fuqarolarga muddatli, muayyan faktni tasdiqlovchi hujjatlarni berish va almashtirishni hamda kompozit davlat xizmatlarini ularning murojaatini kutmasdan turib taklif etish amaliyotini yo‘lga qo‘yish.
5. Keksa va nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmatlarini ko‘rsatishni soddalashtirish, ularga qulayliklar yaratish.
6. Davlat xizmatlarini raqamlashtirish va ularni bosqichma-bosqich xususiy sektorga o‘tkazish choralarini ko‘rish.
|
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
|
2022-yil oktyabr
|
Hisob-kitoblarga asosan
|
Bosh vazir maslahatchisi — IT-texnologiyalar telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i
(lavozim bo‘yicha)
|
Axborot texnologiyalari vazirligi
|