1. Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat dasturlari, konsepsiyalari va boshqalar



Yüklə 191 Kb.
səhifə2/6
tarix23.02.2023
ölçüsü191 Kb.
#85221
1   2   3   4   5   6
PF-5544 21.09.2018

T/r

Tadbirlar nomlanishi

Amalga oshirish muddatlari

Amalga oshirish shakli

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

Kutilayotgan natijalar

I. Ilm-fan, ixtirochilik va texnologiyalar transferini rivojlantirish




1.

Davlat maqsadli fan-te�nika dasturlari, texnologiyalar trasferi va ularni tijoratlashtirish masalalarini ishlab chiqish va moliyalashtirish uchun fan va texnologiyalarning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash.

2019-yil
1-martgacha

Normativ-huquqiy hujjat

Davlat budjeti mablag‘lari

Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abduraxmonov), Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov), Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev), Moliya vazirligi (J. Ko‘chqorov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),
Adliya vazirligi (R. Davletov)

Jahon fani va texnologiyalarini rivojlantirish tendensiyasi bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni ishlab chiqish.

2.

Yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2019-yil
1-maygacha

Kompleks chora-tadbirlar

-

Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abduraxmonov), Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov), Moliya vazirligi
(J. Ko‘chqorov)

Yosh ilmiy arboblarni ko‘paytirish, ilmiy hamjamiyatning o‘rtacha yoshini pasaytirish.
Tabiiy va gumanitar fanlar (fizika, kimyo, geografiya va boshqalar) bo‘yicha xalqaro olimpiadalar o‘tkazish.
Bir nechta loyihalardan iborat “Yosh olim” g‘oyasini amalga oshirish, shu jumladan televideniyeda yosh olimlar ishtirokida maxsus intellektual-ta’lim va ma’rifiy teleko‘rsatuvlarni tashkil etish.
Olimlarning maqomi, nufuzi va moddiy darajasini oshirishni nazarda tutuvchi, jahon darajasida fundamental tadqiqotlarni amalga oshiruvchi ilmiy muassasalar va laboratoriyalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, yoshlarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilish, tegishli ilmiy laboratoriyalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash.

3.

Noyob ilmiy-texnika uskunalaridan jamoaviy foydalanish markazlarini tashkil qilish.

2020-yil
1-yanvargacha

Vazirlar Mahkamasi qarori

Davlat budjeti mablag‘lari, korxonalar mablag‘lari

Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov), Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abduraxmonov)

Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini rivojlantirish orqali raqobatbardosh innovatsion mahsulotlar va yangi texnologiyalarni ko‘paytirish.

4.

O‘zbekiston Respublikasida ilmiy faoliyat nufuzini oshirish.

2020-yil
1-yanvargacha

Normativ-huquqiy hujjat

Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi

Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abduraxmonov), Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov)

Innovatsion ko‘rinishdagi tadqiqotlarni o‘tkazish uchun ilmiy salohiyatni mustahkamlash va maxalliy ilm-fanning xalqaro tadqiqot dasturlarida ishtirokini kengaytirish.
Yetakchi xorij ilmiy markazlari va universitetlari negizida O‘zbekiston uchun istiqbolli va dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha oliy malakali kadrlar (falsafa doktorlari PhD) va fan doktorlarini (DSc) tayyorlash.
Xalqaro ilmiy jurnallarda ilmiy nashrlar sonini ko‘paytirish.
Ilmiy-tadqiqot muassasalari moddiy-texnik bazasini yaxshilash.
Ilm-fan arboblarining ish haqi va ijtimoiy ta’minot tizimini takomillashtirish.
Respublikada ilmiy aloqalarni rivojlantirish, tajriba almashish va malaka oshirish uchun tizimli ravishda yirik xalqaro forum va konferensiyalar o‘tkazish.
Ilmiy-texnik loyihalarni olib borish, tenologiyalarini joriy qilish va innovatsion loyihalarni ishlab chiqish maqsadida tashkilotlarni rag‘batlantirish.

5.

Ilmiy-texnik ma’lumotlarning mahalliy va xorijiy manbalarini yig‘ish, saqlash va qayta ishlashga, axborot fondlari, ma’lumotlar bazalari va banklarini shakllantirish, yuritish va foydalanishga ixtisoslashtirilgan, respublika, tarmoq, hududiy ilmiy-texnika ma’lumotlari axborot resurslari va tashkilotlarini o‘z ichiga olgan ilmiy-texnika ma’lumotlari davlat tizimini yaratish.

2021-yil
31-dekabrgacha

Normativ-huquqiy hujjat

Davlat budjeti mablag‘lari

Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(I. Majidov)

Ilmiy-texnika ma’lumotining avtomatlashtirilgan tizimini yaratish.
Axborot resurslarini shakllantirish va ularni jahon ilmiy-axborot makoniga integratsiya qilish.
Axborot hamkorligining barcha turlarini amalga oshirish uchun ma’lumotlarni yaratish, saqlash, qayta ishlash va ommalashtirish uchunrivojlangan axborot muhitini shakllantirish.
Jahon axborot makonida milliy ilmiy-texnika mahsulotlarini taqdim qilish.

7.

Texnologiyalarni transfer qilish milliy va hududiyofislarini yaratish.

2019-yil
1-noyabrgacha

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Davlat budjeti mablag‘lari,
korxonalar mablag‘lari

Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abduraxmonov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev)

“Bitta darcha” prinsipi bo‘yicha innovatsion imkoniyatlarni rivojlantirish va salohiyatini amalga oshirish uchun innovatsion jarayonlarning ishtirokchilarini barcha zarur xizmatlar bilan ta’minlash.
Texnologiyalarning ichki va tashqi transferini rivojlantirish.

8.

Ilg‘or texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish uchun xabi, texnoparklar, erkin iqtisodiy zonalar, erkin industrial zonalar va ilmiy-ishlab chiqarish klasterlarini yaratish.

2021-yil
1-fevralgacha

Kompleks chora-tadbirlar

Davlat budjeti mablag‘lari,
korxonalar mablag‘lari,
Innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash fondi, venchur fondlari mablag‘lari

Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev),
Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abduraxmonov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (N. Xolmurodov)

Ishlab turgan erkin iqtisodiy zonalar hududida zamonaviy yuqori texnologiyalari mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish.

9.

Xorijiy hamkorlar bilan ilm-fanga asoslangan mahalliy mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma tashkilotlarni shakllantirish va bu mahsulotlarning tashqi bozorda sotilishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish.

2019-yil
1-maygacha

Kompleks chora-tadbirlar

Davlat budjeti mablag‘lari

Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abduraxmonov), Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev), Moliya vazirligi(A. Xaydarov)

Respublikada ilm-fanga asoslangan va yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarishga mablag‘ sarflayotgan investorlarga imtiyozlar, preferensiyalar, davlat kafolatlari va kreditlar taqdim etish.
Innovatsion loyihalarni saralashda tartib-taomillarning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, ekspert kengashini shakllantirish tartibini, loyihalar samaradorligi va maqsadga muvofiqligidan kelib chiqib ularni saralash mexanizmini qayta ko‘rib chiqish orqali tanlov tizimini takomillashtirish.


Yüklə 191 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin