1. Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari]Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga 6-ILOVA O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari loyihalarini rasmiylashtirishga qo‘yiladigan TALABLAR 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarini rasmiylashtirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: blankaning yuqori qismida sarlavhagacha bo‘lgan oraliq kamida 8 santimetrni tashkil etishi kerak; chap tomondan — 3 sm; o‘ng tomondan — 1,5 sm; pastki qismda — kamida 2 sm. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori (farmoyishi) matni Word for Windows (2.0 versiyasi va undan yuqori) matnli muharrirdan foydalangan holda, 14 o‘lchamli Times New Roman (Times New Roman UZB) shriftida, qoida tariqasida, bir qatorlararo oraliqda bosiladi. Jadvallarni aks ettirish uchun boshqa o‘lchamli shriftlardan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi. 3. Sarlavhalar 14 o‘lchamli yarimqora shriftda, hujjatning sanasi va raqami ko‘rsatilgan joydan 2 sm pastda ostidan chizilmagan holda bosiladi. Sarlavhaning o‘lchamiga qarab chap tomondan tashlangan joy 3 dan 4,5 sm ni, o‘ng tomonda — 1,5 dan 3,5 sm ni tashkil etadi hamda markazdan joylashtiriladi. 4. Ikki va undan ortiq sahifa chop etilganda ikkinchi va keyingi sahifalar raqamlanishi kerak. Tartib raqamlari arab raqamlarida yuqori hoshiyaning o‘rtasiga, nuqta belgisisiz qo‘yiladi. Hujjatning birinchi sahifasi va ilovaning birinchi sahifasiga raqam qo‘yilmaydi. 5. Matn sarlavhadan 2 sm quyidan boshlanadi. Xatboshi matn yozilgan hoshiyaning chap chegarasidan 1,25 sm joy tashlab boshlanadi. Matn, qoida tariqasida, bir qatorlararo oraliqdan foydalangan holda bosiladi. Agar matn ikki yoki uch xatboshidan iborat, biroq olti xatboshidan ortiq bo‘lmagan taqdirda 1,5 oraliqdan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi. Matnning ikkinchi va undan keyingi sahifalari quyi hoshiyasidagi oraliq qamida 2 santimetrni tashkil etishi kerak. 6. Matn tugaganidan so‘ng 2 sm joy tashlanib, bir qatorlararo oraliqdan foydalangan holda yarimqora shriftda 2 qatorda “O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri” so‘zlari bosiladi. “O‘zbekiston Respublikasining” so‘zlari matnning chap tomoniga bosiladi, “Bosh vaziri” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasining” so‘zlariga nisbatan markazga olinadi. Bosh vazirning imzosini joylashtirish uchun kamida 7 sm qoldiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga 7-ILOVA Ishlab chiqiladigan va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tartibga solish ta’sirini baholash SXEMASI Oldingi tahrirga qarang.
Yüklə 0,75 Mb. Dostları ilə paylaş: |