5.4 Zagotovkani olish usulini tanlash Detal uchun zagotovkani olish usulini tanlash detalning qo’llanilishi va konstruksiyasi, materiali va unga qo’yilgan texnik talablar, shuningdek, ishlab chiqarish turi va iqtisodiy tejamkorlik kabi omillar majmui nazarda tutilgan holda amalga oshiriladi. Yuqorida sanalgan omillarga tayangan holda ishchi chizmadagi detalni tayyorlash imkonini beruvchi eng kam tannarxga ega zagotovka olish usuli tanlanadi.
Mashinasozlikda keng tarqalgan zagotovka olish usullari prokatlash, shtamplash, bolg’alash va quyish usullaridan foydalaniladi. Hisoblar asosida detal konstruksiyasi o’ziga xosligi va texnik talablarga binoan (ayrim detallarning texnik talabida zagotovka olish usuli ko’rsatilgan bo’ladi) yuqorida sanalgan zagotovka olish usullaridan biri tanlanadi, bunda detal aniqlik klassiga e’tibor berish muhim sanaladi.
Massasi kattaroq va shakldor detallar, odatda quyish usuli bilan olinadi. Bu o’rinda quyma aniqlik klassi va qanday usulda quyish belgilab olinadi. Detal materiali ham zagotovka olish usulini aniqlashga bevosita ta’sir qiladi.