1. Didaktika tushunchasi Didaktikaning asosiy tamoyil va kategoriyalari



Yüklə 33,95 Kb.
səhifə10/12
tarix18.12.2022
ölçüsü33,95 Kb.
#76161
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
1. Didaktika tushunchasi Didaktikaning asosiy tamoyil va kategor

Mustahkamlik tamoyili. Bu tamoyilda barcha ilg‘or o'qituvchilar va pedagog olimlaming ko‘p yillik izlanishlari o‘z ifodasini topgan. Unda nazariy bilimlar bilan empirik bilimlar birlashib mustahkamlangan. Bilimlami mustahkam egallash jarayoni juda murakkab bo‘lib, keyingi yillardagi tadqiqotlar bu jarayonga o‘zgarishlar kiritdi. Bilimni mustahkam egallash jarayonini shu kundagi tushunilishi, bu jarayonga quyidagi yangi qoidalami kiritishni taqozo etdi.
1. Bugungi kungi ta’limda fikr yuritish eslab qolishdan ustunlik qilishi isbotlangan. Shuning uchun bolalar aqliy quwatini tejash maqsadida, ulardan keraksiz va kam e’tiborli narsalami eslab qolishiga kamroq e’tibor berib, uning hisobiga fikr yuritishiga ko‘proq kuch sarflashiga yordam berish.
2. Bolalar tushunib yetinagan yoki noto‘g‘ri tushunib qolgannarsalami eslab qolmasliklariga e’tibor berish lozim. Bola faqat yaxshi tushunib yetib, uning to‘g‘riligiga ishonch hosil qilgan narsasini xotirasida saqlash.
3. Bola xotirasini kam e’tiborli axborotlami eslab qolishdan holi qilish maqsadida, ularni turli lug’at va ensiklopediyalardan foydalanishga o‘rgatish.
4. Eslab qolinadigan narsalami nihoyatda qisqa qilib, yod olishga oson bo‘lishi uchun, ravon, iloji bo'lsa she’r vazniga solib turib esda saqlashga bolalami o‘rgatish.
5. Esdan chiqarish bilimni egallab olgandan keyin tez kechishini hisobga olgan holda, ularni psixologiya fanining esda saqlash qoidasi asosida xotirada saqlashga yoshlami o‘rgatish.
6. Yod olishni uyga vazifa qilib bermay, uni shu narsaga qiziqtirib qo‘yish va vaqti-vaqti bilan bu qiziqishni yangi lab turish.
7. Takrorlash mashqlarini bola yangi bilimni egallagan paytdan boshlash. Chunki bu narsalar keyin esdan chiqib ketishi aniq.
8. Bola diqqatini susaytiruvchi ichki va tashqi omillarfaoliyatiga yoi qo‘ymaslik, Dangasalik kasali bilan tinmay kurash olib borish, bilim olish sur’atini pasaytirmaslik.
9. Beriladigan bilimga qiziqish va ijobiy munosabatnishakllantirmasdan turib, yangi bilim berishni boshlamaslik. Zo‘rlab berilgan bilim bola xotirasida uzoq saqlanmasligini unutmaslik.
10. Bilimni egallash sur’ati pasaya boshlashi bilan uning sababini aniqlash va bartaraf etish. Odatda, bilim olish sur’atining pasayishi charchagandan keyin paydo bo‘ladi.
11. O‘quvchilar tomonidan mustaqil ravishda darsni qaytarish eslab qolishning muhim omili ekanini unutmaslik va o‘zini o‘zi tarbiyalashga katta e’tibor qaratish.
12. Qaytarish darslarini shunday tashkil qilish kerakki, u faqat bilimni xotirada tiklashga xizmat qilmay, fikr yuritishga ham foydasi boisin. Shuning uchun qaytarish darslarini asosiy dars tizimida o‘tmay, uning hajmini yo ko‘paytirish, yoki kamaytirish.
13. Berilgan bilim xotirada mustahkam saqlanishi uchun, uni qiziqarli qilib, ko‘rgazmali qurollardan foydalanib turib berish.
14. Yangi beriladigan bilim xotirada mustahkam qolishiuchun, uni avvalgi bilim bilan bogiab berish.
15. Bilimni mantiqan bir butun qilib berishga o‘rganish.
16. Oson va bir turdagi topshiriq berishdan tiyilish, ularbolalarga qiziq bo‘lmay ulami toliqtiradi.
17. Mashqlar o‘tkazishdan oldin, ulaming bajarilish tartibi vanatijasi to‘g‘risida ma’Iumot berish.
18. Mashq davrida bolalami charchab qolishdan saqlash.
19. Hozirgi zamon nazorat usullaridan to‘g‘ri foydalanish.
20. Bolalami o‘z mehnatini nazorat qilish va baholashga o‘rgatish.
Tushunarlilik tamovili. Bu tamoyil bir tomondan, didaktikaning boshqa tamoyillarining talablaridan, ikkinchi tomondan, talabalar yosh xususiyatidan, uchinchi tomondan, ko‘p yillik pedagogik tajriba asosida yaratilgan. Bu tamoyil zaminida tezaurus qonuni yotadi. Bu qonun bo‘yicha - kishiga bilim faqat uning tezaurusiga mos kelganigina tushunarli bo‘ladi. Tazaurus lotinchada «xazina»ni bildiradi. Ma’nosi, kishining to‘ plagan bilimi, ho‘nikma va fikrlash uslubi uning tezaurusini tashkil qiladi. Boshqa qonuniyatlami ham ko‘rsatishimiz mumkin: beriladigan bilimning tushunarliligi, uni egallayotgan bolaning yoshi individual xususiyatlariga bogiiq; tushunarlilik bilim berishni tashkil qilishga va unda qoilaniladigan bilim berish usul va uslublariga bogiiq; bilimning tushunarliligi o‘quvchining saviyasiga va bilim sifatiga bogiiqligi; bilimni tushunarliligi uni berilish sur’atiga bogiiqligi va hokazo.Ya. A. Komenskiy shakllantirgan quyidagi qoidalar mavjud:
osondan qiyinga, ma’lumdan noma’lumga va oddiydan murakkabga. Shu zamonning pedagogik nazariya va amaliyoti tushunarlilik tamoyilini qo‘llanish qoidalaiini kengaytirdi va boyitdi. Ular quyidagilar:
1. Bilimni bolaning yoshiga qarab berish.
2. Bola tafakkuri berilayotgan bilimga tayyorlangan bo‘lishi shart.
3. O‘qitayotganda bolaning tayyorgarlik va rivojlanganlik darajasiga qarab bilim berish.
4. Bolaning individual qobiliyatidan kelib chiqib bilim berish.
5. Bilim berish sur’ati o‘rtacha olib borilishi shart.
6. Bilim berishda, muayyan kuchlanishning hosil bo’lishini esda saqlash. Bu kuchlanish oshib ketsa, bolalar toliqib, kuchlanish pasayib ketsa, bolalar zerikib qolishini bilish.
7. Psixologiya va pedagogikaning yangi kashfiyotlaridan unumli foydalanish, kichik qadamlardan asta-sekin katta qadamlarga o‘tish yo'li bilan ta’lim jarayonini intensivlashtirish.
8. Yangi dars o‘tishda bilimi kuchli talabalardan va darsni mustahkamlayotganda bilimi o‘rta va kuchsiz talabalardan foydalanish.
9. Berilayotgan bilimlaming qarama-qarshi tomonlarini ham tushuntirib, talabalaming bilim olishini osonlashtirish.
10. Talabalarga eng qiyin singadigan bilimlar tabiat va jamiyat taraqqiyotining umumiy qonimlaridir. Shuning uchun muayyan fanni o‘tayotganda ustalik bilan ularni qo‘shib tushuntirib ketish.
11. Sekinlik bilan shoshish! Ta’lim-tarbiya jarayonini asossiz tezlashtirmaslik va susaytirib yubormaslik.
12. Talabalamig oraliq-yakuniy fikrlarini «bildi»ga yo‘ymasdan, ulardan fikmi davom ettirish uchim foydalanish.
13. Tushunarlilik o‘qituvchining so‘zlarini yuqori hissiyot va har bir so‘zni asoslab berilganligi bilan ham belgilanganligi.
14. Uzoq maruzalardan qochish.
15. O‘qitishning bosh qismida faqat asosiylarini aytib o‘tish bilan kifoyalanish.
16. «Yomon o‘qituvchi haqiqatni aytib qo‘ya qoladi, yaxshi o‘qituvchi bu haqiqatni topishni o‘quvchilarga o‘rgatadi» iborasini unutmaslik.
17. Tushunarli qilib dars o‘tish, butun bilimni talabalarga sodda tilda tushuntirib berish yoki bu bilimlami topishni tushunarli qilib aytib berishda emas, balki kalavaning uchini ushlatib qo‘yib,bilimni sekin-asta chiqib kelishini ko'rsatish, ulami rag‘batlantirib turish va hokazo tadbirlarga aytiladi.

Yüklə 33,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin