Axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalanish quyidagi asosiy didaktik funksiyalarni bajaradi:
- multimedia texnologiyasini qo’llash evaziga o’quvchilarda fanlarga qiziqishni rivojlantiradi;
- bunda ta’limning interfaolligi tufayli o’quvchilarning fikrlash qobiliyatlari faollashadi va o’quv materialini o’zlashtirish samaradorligi oshadi;
- real holatlarda namoyish qilinishi qiyin yoxud murakkab bo’lgan jarayonlami modellashtirish va ko’rish imkoniyatini berishi bilan muhim ahamiyatga ega;
- o’quv materiallarini o’zlashtirilishi faqat darajasiga ko’ra emas, balki o’quvchilar erishgan mantiqan qabul qilishlarining darajasiga ko’ra ham samarali hisoblanadi;
- masofadan turib ta’lim olishni faqat o’zlashtiruvchi o’quvchilar yoki internet ta’limi uchun tashkil etilmaydi, balki sababsiz dars qoldirgan o’quvchilar uchun ham tashkil etish imkoniyatini beradi;
- o’quvchilarga mustaqil izlanish yo’li bilan matenallami izlash, topish hamda muammoli masalalarga javob berish orqali ma’lum tadqiqot ishlarini bajarish uchun imkoniyat yaratadi;
- o’quvchilarning yangi mavzuni o’zlashtirish misollar yechishi, insho, bayon yozish ishlarida, o’quv materiallari bilan mustaqil tanishish, tanlash va axborot hamda ma’lumotlami tahlil etish kabi masalalarni tez bajarish uchun sharoit yaratadi. Ma’lumki ta’lim mazmunini takomillashtirishning bosh xususiyatlaridan biri kompyuter bilan muloqot jarayonida uning doimiy murojaat qilinadigan qo’llab-quvvatlovchi axborotini ko’paytirish, kompyuter axborot muhiti va hozirgi zamon talablariga javob bera oladigan darajadagi axborot bazasining yaratilganligi. gipermatn va multimedia, o’qitishda immitatsiya, kommunikatsiy a tizimlari qabul qilingan.