Ta’lim prinsiplari – yoshlarga ta‘lim-tarbiya berishda ta‘lim maqsadlariga muvofiq о’qitishning asosiy xarakterini belgilab beruvchi tayanch qoidalar.
Ta’lim standarti – muayyan ta‘lim jarayonining modeli, namunasi, etoloni, meyorlari, qoidalari, talablari davlat tomonidan tasdiqlangan meyoriy hujjat.
Ta’lim texnologiyalari 1) ta‘limning yanada samaraliroq shakliga erishish uchun, inson zahiralarini va ular о’rtasida о’zaro ta‘sirni hisobga olgan holda bilimlarni о’zlashtirish, ta‘lim jarayonini baholash, amalga oshirish, tizimli rejalashtirish metodi;
2) ta‘limning texnik vositalari va kompyuterlarni shunchaki qо’llash emas, balki ta‘lim samaradorligini oshirishga qaratilgan omillarni tahlil etish asosida loyihalash usuli,material (о’quv metodik) va maqbul metodlar yordamida ta‘lim jarayonini qulaylashtirish usullarini ishlab chiqish va uning tamoyillarini aniqlash;
3)aniq maqsadga kо’ra о’quv jarayonini boshqarishga oid didaktik muammolarni hal qilish, bunda erishiladigan yutuqlar aniq tavsif va ta‘riflarga asoslanishiga erishish metodi.
Kasbiy mahorat – ta‘lim jarayonida pedagogik strategiya, strategik maqsad va vazifalarni tо’g’ri belgilash, qarorlar qabul qilish, ta‘lim jarayonini loyihalashtirish, innovatsion pedagogik faoliyatni tashkil etish, ta‘limni boshqarish jarayoniga tizimli yondashuvlarni loyihalash texnologiyalarini joriy etish hamda boshqaruv usullari, metodlari va tamoyillaridan samarali foydalanishdan iborat kasbiy texnika darajasi.
Didaktik qobiliyat: o'quvchilar bilan muloqot qilishda, pedagogikaning ta’lim va tarbiyaviy qonuniyatlarini hamda metodlarini chuqur o'zlashtirgan holda samarali dars berish qobiliyatidir. Shuningdek, dars pedagogik texnologiyalar asosida jahon andozalariga, hozirgi zamon talablariga javob berishi kerak.
Didaktik material– о’quvchilarga ta‘lim-tarbiya berishga yо’naltirilgan maxsus о’quv materiallari.
Didaktik tashxis maqsadi - о‘quv jarayonining samaradorligini aniqlash, baholash va tahlil qilish. Didaktik tizim (yunoncha “sy stema” - yaxlit, qismlarda tashkil topgan, birlashtirish) - ma’lum mezonlari asosida ta’lim jarayoning yaxlit hoiatini belgilash, ajratib ko‘rsatish.
Didaktik o‘yin - o‘rganilayotgan obyekt, hodisa va jarayonlarni modellashtirish asosida o‘quvchinmg bilishga bo‘lgan qiziqishi va faollik darajasini rag‘batlantiruvchi o‘quv faoliyati turi.