1. el-yurt umidi jamg‘armasi „El-yurt umidi“ jamgʻarmasi


SSV HUZURIDA TEZ TIBBIY YORDAMNI RIVOJLANTIRISH JAMG‘ARMASI TASHKIL ETILADI



Yüklə 78,54 Kb.
səhifə11/18
tarix17.05.2023
ölçüsü78,54 Kb.
#115759
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Mustaqil ta\'lim

12.SSV HUZURIDA TEZ TIBBIY YORDAMNI RIVOJLANTIRISH JAMG‘ARMASI TASHKIL ETILADI

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi.


Prezidentning «O‘zbekiston Respublikasida tez tibbiy yordam xizmatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori imzolandi. Qaror matni O‘zAda e’lon qilindi.
Qarorda belgilanganidek, tez tibbiy yordam xizmatini rivojlantirishga amaliy ko‘maklashish va uning moddiy-texnika bazasini yaxshilash uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etilishi belgilab qo‘yildi.
2019 yil 1 yanvardan boshlab Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari sifatida quyidagilar belgilandi:
Реклама

O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga tushadigan mablag‘larni 29 foizdan 10 foizga kamaytirgan holda, mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun to‘lanadigan to‘lov summasining 19 foizi;


xalqaro va xorijiy moliya institutlarining, hukumat va nohukumat tashkilotlarning grantlari va texnik ko‘mak mablag‘lari;
Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini joylashtirishdan tushgan daromadlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining xayriya mablag‘lari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar.
O‘z navbatida jamg‘armaning mablag‘lari quyidagilarga sarflanadi:
tez tibbiy yordam xizmatining maxsus avtotransportini xarid qilish va transport parkini o‘z vaqtida yangilash, shuningdek, ularni zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlash, ehtiyot qismlar va sarflanadigan materiallarni xarid qilish;
tez tibbiy yordam xizmatining xodimlarini o‘qitish, malakasini oshirish va amaliyot o‘tashini, shu jumladan, xorijiy davlatlarning ilmiy-tadqiqot, ta’lim va boshqa muassasalarida amaliyot o‘tashini tashkil etish;
tez tibbiy yordam xizmati xodimlariga ustamalar, mukofot pullari va boshqa rag‘batlantiruvchi to‘lovlarni to‘lash;
tez tibbiy yordam xizmati faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish.
Shuningdek, Tez tibbiy yordam xizmatini O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlaridan moliyalashtirishning amaldagi tartibi va hajmlari saqlab qolinadi



Yüklə 78,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin