2-bob. Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari
3. Jamg‘arma quyidagi manbalar hisobiga shakllantiriladi:
joylashtirish vositalaridan (mehmonxonalar, turizm bazalari va majmualari, dam olish uylari va zonalari, pansionatlar, kempinglar, motellar, oilaviy mehmon uylari, o‘tovli oromgohlar, sanatoriylar va boshqa mehmonxona xizmatlari — vaqtincha yashash xizmatlari ko‘rsatuvchi obyektlar) undiriladigan turistik (mehmonxona) yig‘imdan tushumlar;
xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning grantlari;
xayr-ehson qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining mablag‘lari;
Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini depozitlarga joylashtirishdan tushadigan daromadlar bo‘yicha tushumlar;
turistik (mehmonxona) yig‘im o‘z vaqtida to‘lanmaganligi uchun undirilgan penya.
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
4. Xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning grantlari, xayr-ehson qiluvchilar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining mablag‘lari Jamg‘armaga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jalb etiladi.
5. Jamg‘armaga tushadigan mablag‘lar Qo‘mita tomonidan ochiladigan shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari va xorijiy valyutadagi bank hisob raqamida jamlanadi
16.O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA BOG‘DORCHILIK VA ISSIQXONA XO‘JALIGINI YANADA RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Bog‘dorchilik tarmog‘i va issiqxona xo‘jaliklarida boshqaruv tizimini takomillashtirish hamda davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning samarali mexanizmlarini joriy etish, shuningdek, zamonaviy resurs tejamkor texnologiyalar asosida yuqori sifatli, raqobatbardosh va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish hajmlarini kengaytirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Moliya vazirligining:
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 29 birlikdan iborat Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligini (keyingi o‘rinlarda — Agentlik);
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xo‘jaligi boshqarmalari tuzilmalarida boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 58 birlikdan iborat bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligi bo‘limlarini;
tumanlar (Quvasoy shahar) qishloq xo‘jaligi bo‘limlari tuzilmalarida boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 185 birlikdan iborat bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligi sektorlarini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Agentlikning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaliklarini barqaror rivojlantirishni ta’minlashga qaratilgan maqsadli kompleks dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
zamonaviy resurs tejamkor texnologiyalarni, shu jumladan tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish tizimlarini qo‘llagan holda intensiv bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaliklari maydonlarini kengaytirish, shuningdek, bozor konyunkturasi tahlilini hisobga olgan holda, meva mahsulotlari turlarini ko‘paytirish choralarini ko‘rish;
hududlarning tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda, bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligida ilmiy yutuqlar, ilg‘or ilmiy ishlanmalar va intensiv agrotexnologiyalardan keng foydalanishni tashkil etish;
“O‘zstandart” agentligi bilan birgalikda bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaliklariga xalqaro sertifikatlash standartlarini joriy etishda ko‘maklashish;
meva mahsulotlarini yetishtirish, tayyorlash, saralash, kalibrlash, qadoqlash va sotishning butun zanjirini o‘z ichiga olgan klaster shaklini tashkil qilish va kooperatsiya tizimini rivojlantirish bo‘yicha choralarni amalga oshirish;
bozorlar konyunkturasi bo‘yicha chuqur marketing tadqiqotlarini o‘tkazish yo‘li bilan raqobatbardosh mahsulot yetishtirish, uni sotishni tashkil qilish, eksport salohiyatini oshirish maqsadida investitsiyalarni, shu jumladan to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishga ko‘maklashish;
tashqi bozorlarda talab yuqori bo‘lgan meva navlarini joylashtirish va yetishtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaliklari sohasida mutaxassislarni o‘qitish, ularning malakasini oshirish, innovatsiyalarni rivojlantirish va joriy etish masalalari bo‘yicha mahalliy va xorijiy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari, sohaga ixtisoslashgan xorijiy tashkilotlar va ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda bog‘lar va issiqxona xo‘jaliklari maydonlarining elektron reyestrini yuritish.
3. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziriga, zarur hollarda, Agentlik tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining belgilangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
4. Belgilansinki:
a) Agentlik:
o‘z faoliyati bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, viloyatlar qishloq xo‘jaligi boshqarmalari va tumanlar (Quvasoy shahar) qishloq xo‘jaligi bo‘limlarining bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligi bo‘yicha bo‘limlari (sektorlari) va mutaxassislari faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularga uslubiy rahbarlik qiladi;
b) Agentlik direktori:
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
maqomi, mehnatga haq to‘lash, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish shartlari bo‘yicha vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi;
v) Agentlik direktorining o‘rinbosari Agentlik direktorining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
5. Agentlik xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi markaziy apparati xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya shartlari tatbiq etilsin.
6. Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Agentlik qoshidagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tashkil etilsin va uni shakllantirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi qoshidagi “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil qilish markazi” davlat unitar korxonasining ochiq savdolarida sotilgan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning boshlang‘ich bahosidan oshgan summaning 50 foizi;
xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat tashkilotlarining kreditlari (qarz mablag‘lari) va grantlari;
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar.
Belgilab qo‘yilsinki, Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi maqsadlar uchun sarflanadi:
bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaliklarini barqaror rivojlantirishni ta’minlashga qaratilgan maqsadli kompleks dasturlarni amalga oshirish;
bog‘larda va issiqxonalarda irrigatsiya tadbirlarini o‘tkazish, jumladan suv yetkazib berish, artezian quduqlari, quduqlar va rezervuarlar barpo etish, suv yetkazib berish uchun nasos va quvurlar, suv saqlash uchun sig‘imlar xarid qilish;
mahalliy sharoitda yetishtirilgan intensiv ko‘chatlar (pakana va yarim pakana) hamda payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar ajratish;
Agentlik moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, jumladan Agentlik xodimlarini moddiy rag‘batlantirish, xususan ustamalar to‘lash
Dostları ilə paylaş: |