1. el-yurt umidi jamg‘armasi „El-yurt umidi“ jamgʻarmasi


Uzum yetishtiruvchilar va vino mahsulotini ishlab chiqaruvchilar respublika ko‘rik-tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida



Yüklə 78,54 Kb.
səhifə16/18
tarix17.05.2023
ölçüsü78,54 Kb.
#115759
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Mustaqil ta\'lim

Uzum yetishtiruvchilar va vino mahsulotini ishlab chiqaruvchilar respublika ko‘rik-tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Uzum yetishtiruvchilar va vino mahsulotini ishlab chiqaruvchilar respublika ko‘rik-tanlovini (keyingi o‘rinlarda — ko‘rik-tanlov) o‘tkazish tartibini belgilaydi.
2. Ko‘rik-tanlov har ikki yilda bir marta centyabr oyida mazkur Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq o‘tkaziladi.
3. Uzum yetishtiruvchilar va vino mahsulotini ishlab chiqaruvchilar respublika ko‘rik-tanlovini o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita (keyingi o‘rinlarda — Tashkiliy qo‘mita) tarkibi va uning faoliyat ko‘rsatish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) tomonidan tasdiqlanadi.
Tashkiliy qo‘mita tarkibiga Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (keyingi o‘rinlarda — mas’ul vazirlik va idoralar) vakillari kiritiladi.
4. Tashkiliy qo‘mita ko‘rik-tanlovni tashkil etish va yuqori saviyada o‘tkazish uchun mas’ul hisoblanadi.
Tashkiliy qo‘mitaning ishchi organi funksiyalarini bajarish Agentlik zimmasiga yuklatiladi.
5. Tashkiliy qo‘mita ko‘rik-tanlov o‘tkazilishidan kamida besh oy oldin ko‘rik-tanlovni o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan qo‘mita majlisini o‘tkazadi. Bunda Tashkiliy qo‘mita majlisi kun tartibi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
ko‘rik-tanlovni o‘tkazish doirasida mas’ul shaxslarni belgilash;
ko‘rik-tanlovni o‘tkazish joyi va sanasini belgilash;
ko‘rik-tanlovni tashkil etish va uning o‘tkazilishi bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish manbalarini belgilash;
hakamlar hay’ati, shu jumladan vino mahsuloti bo‘yicha degustatorlar tarkibini shakllantirish;
ko‘rik-tanlovning dasturini va g‘oliblarni taqdirlash miqdorini tasdiqlash masalalari bo‘yicha qaror qabul qilish.
6. Agentlik mas’ul vazirlik va idoralar vakillarini jalb etgan holda:
Tashkiliy qo‘mitaning keyingi yig‘ilishlarini tashkil etadi, yig‘ilish bayonnomalarini rasmiylashtiradi, tarqatadi va yig‘ilish qarorlari ijrosini nazorat qiladi;
ko‘rik-tanlovlar hujjatlari yig‘majildlarini yuritish va saqlashni ta’minlaydi;
ko‘rik-tanlov sanasi va uni o‘tkazish tartibi haqidagi axborotni ommaviy axborot vositalari orqali yoki boshqa qulay shaklda tarqatadi;
ko‘rik-tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan uzum yetishtiruvchilar va vino mahsulotini ishlab chiqaruvchilardan Tashkiliy qo‘mita veb-sayti orqali kelib tushgan arizalarini o‘rganib chiqadi va ularni nomzodlar ro‘yxatiga kiritadi;
ko‘rik-tanlov o‘tkaziladigan joy (hudud)da har bitta nominatsiya bo‘yicha ko‘rik-tanlovga taqdim etilgan mahsulotlar joylashtirilishini tashkil etadi;
har bir nominatsiya bo‘yicha g‘oliblarga berilishi lozim bo‘lgan mukofotlarni tayyorlaydi va jamlaydi.

Yüklə 78,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin