1. el-yurt umidi jamg‘armasi „El-yurt umidi“ jamgʻarmasi



Yüklə 78,54 Kb.
səhifə2/18
tarix17.05.2023
ölçüsü78,54 Kb.
#115759
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Mustaqil ta\'lim

Jamgʻarma stipendiyalari

  • xorijiy ta’lim va ilmiy muassasalarda malaka oshirishga — 2 oygacha muddatga;

  • xorijiy ilmiy, ta’lim, ijod muassasalari, davlat idoralari, korxona va boshqa tashkilotlarda stajirovka oʻtashga — 6 oygacha muddatga;

  • yetakchi xorijiy oliy ta’lim va ilmiy muassasalarda magistratura dasturi asosida ta’lim olishga — 1–2 yil mobaynida, doktorantura dasturi boʻyicha — 1–4 yil mobaynida

Talablar


Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlishi;

  • Yosh: doktorantura — 25 yoshdan 45 yoshgacha; magistratura — 21 yoshdan 45 yoshgacha; Bakalavriat — 25 yoshgacha;

  • Tanlangan mutaxassislik boʻyicha kamida 2 yil mehnat tajribasiga ega boʻlishi (oliy taʼlim tizimidan tashqari);

  • 3-shaxslarning toʻliq moliyaviy majburiyati toʻgʻrisida rasmiy roziligi.

Prezidentning „Davlat xizmatchilari va mutaxassislarni xorijda tayyorlash hamda ularning salohiyatini yanada oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi farmonida „El-yurt Sumidi“ jamgʻarmasi 2021-yilda ochiq stipendiya tanlovlari asosida yoshlarning nufuzli xorijiy mamlakatlarda bakalavriat dasturi boʻyicha taʼlim olishi uchun 100 ta oʻrin, magistratura va doktoranturada oʻqish uchun avvalgi yillarga nisbatan oʻrtacha 5 barobar koʻp oʻrin ajratilishi belgilangan.


2.O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI HUZURIDAGI BUDJETDAN TASHQARI RESPUBLIKA MAQSADLI KITOB JAMG‘ARMASI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDa

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-sentabrdagi PQ-3931-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, zamonaviy talablar va xalqaro standartlarni hisobga olgan holda respublika umumta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini tizimli asosda rivojlantirish va mustahkamlash, ularni eng ilg‘or o‘quv, axborot-kompyuter texnikasi, darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalari bilan jihozlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:


1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-sentabrdagi PQ-3931-son qaroriga muvofiq:
b) 2018-yil 1-noyabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi idoraviy bo‘ysunuviga o‘tkazilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
b) O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarining kutubxona jamg‘armalari uchun umumta’lim fanlari bo‘yicha darsliklar va o‘quv-metodik majmualar bilan ta’minlashga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari va homiylik xayriyalarini, xalqaro moliya institutlarining kredit va grantlarini, darsliklar va chet tillari bo‘yicha mashq daftarlarining ijara to‘lovlarini jamlash, ushbu mablag‘lardan samarali foydalanishni tashkil etish;
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarining ayrim toifadagi, ya’ni birinchi sinf o‘quvchilarini, “Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilari, jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarning o‘quvchilarini, ijtimoiy yordamga muhtoj bo‘lgan oilalardagi o‘quvchilarni hamda o‘qituvchilarni O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan bepul ta’minlash maqsadida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining kutubxona jamg‘armalari uchun umumta’lim fanlaridan darsliklar va o‘quv-metodik majmualarni xarid qilish va yetkazib berishni moliyalashtirish;
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari o‘quvchilarini ijara asosida ta’minlash uchun umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining kutubxona jamg‘armalariga umumta’lim fanlaridan darsliklar va chet tillari bo‘yicha mashq daftarlarini xarid qilish va yetkazib berishni moliyalashtirish;
ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim muassasalari hamda o‘rta maxsus ta’lim muassasalari uchun bepul va ijara asosida umumta’lim fanlaridan darsliklarni umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining kutubxona jamg‘armalariga xarid qilish va yetkazib berishni moliyalashtirish;
xarid qilishning tasdiqlangan istiqbol kvotalaridagi darsliklar va o‘quv-metodik majmualarni chop etuvchi nashriyotlar va bosmaxonalarga darsliklarning chakana savdo tarmog‘i orqali sotilishini qo‘llab-quvvatlash uchun qisqa muddatli maqsadli ssudalar ajratish orqali yordam ko‘rsatish;
jamg‘arma mablag‘larining o‘z vaqtida tushishini ta’minlash va tahlil qilib borish.
3. Quyidagilar:
b) O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi Vasiylik kengashi tarkibi hamda Ijro etuvchi direksiyasining tuzilmasi 3 va 3a-ilovalarga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi to‘g‘risida nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Belgilansinki:
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda shakllantirilgan umumta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashning har yilgi manzilli ro‘yxatlari navbatdagi yil uchun O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlariga yoki Investitsiya dasturlariga belgilangan tartibda kiritiladi;
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarining ayrim toifadagi, ya’ni birinchi sinf o‘quvchilarini, “Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilari, jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarning o‘quvchilarini, ijtimoiy yordamga muhtoj bo‘lgan oilalardagi o‘quvchilarni hamda o‘qituvchilarni darsliklar, shuningdek ijara asosida darsliklar bilan birlamchi ta’minlashga hamda O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlariga yoki Investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarni moliyalashtirishga O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilgan mablag‘lar har oyda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasiga uning asoslangan buyurtmanomasiga ko‘ra o‘tkazib beriladi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda umumta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash (qo‘shimcha jihozlash) ning har yilgi manzilli dasturlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlashni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqib, uni belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
6. Belgilab qo‘yilsinki:
b) O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasining barcha huquq va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
v) O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasining ijro etuvchi direksiyalari xodimlariga davlat boshqaruvi organlari xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash shartlari tatbiq etiladi.)
7. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduxakimov hamda O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.


Yüklə 78,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin