Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi to‘g‘risida 1-bob. Umumiy qoidalar 1. Ushbu Nizom Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasining (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) maqsadi, asosiy vazifalari, huquqlari va majburiyatlarini, Jamg‘armani boshqarish, uning mablag‘larini shakllantirish va faoliyat yuritish tartibini belgilaydi.
2. Jamg‘arma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi Vasiylik kengashining (keyingi o‘rinlarda — Vasiylik kengashi), O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda — Qo‘mita) buyruq va qarorlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
3. Jamg‘arma Qo‘mita tuzilmasiga kiruvchi davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, Moliya vazirligining G‘aznachiligida hisobvaraqlariga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan blankaga va o‘z nomi yozilgan muhrga ega bo‘ladi.
4. Jamg‘armaning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
to‘liq nomi — Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi;
qisqartirilgan nomi — Oila va xotin-qizlar jamg‘armasi;
b) rus tilida:
to‘liq nomi — Gosudarstvenniy tselevoy fond podderjki semi i jenщin;
qisqartirilgan nomi — Fond podderjki semi i jenщin;
v) ingliz tilida:
to‘liq nomi — State fund for family and women support;
qisqartirilgan nomi — Family and women fund.
7.“YOSHLAR — KELAJAGIMIZ” JAMG‘ARMASI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH CHORA-TADBIRLARI “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb yuritiladi) yoshlarning biznes tashabbuslari, startaplari, g‘oyalari va loyihalarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish va qo‘llab-quvvatlash, band bo‘lmagan yoshlarni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar va biznes yuritish ko‘nikmalariga o‘qitish, shuningdek, umuman yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish orqali ularning bandligini ta’minlash maqsadida muassasa tashkiliy-huquqiy shaklida tuzilgan nodavlat notijorat tashkilotidir.
Jamg‘arma o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi, “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonunlari, nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini tartibga soluvchi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar hamda mazkur Ustavga muvofiq yuritadi.
Jamg‘arma qonun hujjatlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi hududida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan, mazkur Ustavga asosan faoliyat yurituvchi alohida bo‘linmalarni ya’ni, Jamg‘armaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy filiallarini hamda Jamg‘armaning shahar va tuman mahalliy filiallarini tashkil etish huquqiga ega.
Jamg‘arma belgilangan tartibda blankasi, o‘zining shiori, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan ramzi, web-sayti va bosma ommaviy axborot vositalariga (ilmiy-uslubiy jurnallar) ega bo‘lishi mumkin.
Jamg‘armaning doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi rahbar organi joylashgan joy (pochta manzili): Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Navoiy ko‘chasi, 11A-uy.
Jamg‘arma o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshiradi.
Tashkilotning faoliyati nomuayyan muddatga tashkil qilinadi.