II. Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari
4. Quyidagilar Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berilganligi uchun davlat boji to‘lashdan tushuvchi mablag‘larning 50 foizi;
2018-yil 1-yanvargacha abonent raqamidan foydalanganlik uchun haq to‘lashdan tushgan mablag‘larning 15 foizi;
2018-yil 1-yanvardan boshlab abonent raqamidan foydalanganlik uchun haq to‘lashdan tushgan mablag‘larning 70 foizi;
aloqa sohasida normativ-huquqiy hujjatlar talablari, standartlar, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati buzilganligi uchun mulkchilik shakllari va idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar, aloqa sohasida faoliyatni amalga oshirayotgan yuridik shaxslardan jarima jazolari sifatida undiriladigan mablag‘larning 45 foizi, raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik buzilganligi uchun solinadigan iqtisodiy jazolar va jarimalar bundan mustasno;
Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini amaldagi qonunchilikka muvofiq bank depozitlari shaklida va boshqa shakllarda joylashtirishdan tushgan daromadlar;
yuridik va jismoniy shaxslarning, shuningdek xalqaro tashkilotlarning xayriya ehsonlari.
III. Jamg‘armaning vazifalari va faoliyatining asosiy yo‘nalishlari
5. Quyidagilar Jamg‘armaning vazifalari va faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi:
a) ushbu Nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan manbalardan tushgan mablag‘larni jamlash;
b) Jamg‘arma hisob raqamlarida jamlangan mablag‘lardan:
davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining idoralararo integratsiyalashtirilgan axborot tizimlarini joriy etishni, ma’lumotlar uzatishning idoralararo tarmoqlarini tashkil etishni, “Elektron Hukumat” tizimlarini va qidirish tizimlarining milliy segmentini shakllantirish bo‘yicha loyihalarni ishlab chiqish, amalga oshirish va kuzatib borishni;
xalqaro standartlarga muvofiq va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning uzoq muddatli istiqbollarini hisobga olgan holda aloqa, televideniye va radioeshittirish sohasida telekommunikatsiya tarmoqlari va tizimlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilishni;
Internet tarmog‘ining milliy segmentini shakllantirishni, turli yo‘nalishdagi zamonaviy mahalliy axborot resurslarini, shu jumladan aholining, ayniqsa yosh avlodning axborotga bo‘lgan va intellektual ehtiyojlarini qondirish uchun tarmoq resurslarini shakllantirishni;
davlat axborot resurslari va ma’lumotlar bazasini shakllantirish, saqlash va ulardan foydalanishning yagona tizimini ishlab chiqish, amalga oshirish va kuzatib borishni;
ma’lumotlar uzatish tarmoqlarini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish sohasida ustuvor loyihalarni amalga oshirishni, normativ-huquqiy hujjatlar, ilmiy-tadqiqot ishlari va dasturlarni ishlab chiqish, shuningdek ushbu sohada loyihalarni tayyorlash uchun tadqiqotlar o‘tkazishni;
aloqa, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, respublikaning butun hududida ma’lumotlarni uzatish milliy va xalqaro axborot tarmoqlaridan yuqori tezlikda foydalanish sohasida xizmatlarning yangi turlarini ishlab chiqish va joriy etishni;
aloqa, kompyuter va tarmoqli texnologiyalar, dasturlashtirish va elektron ma’lumotlar bazasini yaratish sohasida mutaxassislar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash tizimini rivojlantirishni, shuningdek kompyuter va axborot texnologiyalaridan keng foydalanishga asoslangan o‘qitish tizimini;
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot- kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab faoliyatini xodimlarni qo‘shimcha ravishda moddiy rag‘batlantirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash yuzasidan;
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimiga kiruvchi telekommunikatsiya va axborot tizimlari ustidan boshqarish va nazorat qilish organlarini, shuningdek aloqa obyektlari davlat kadastri xizmatlari, elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatdan o‘tkazish markazlari faoliyatini, terminologiya va lug‘atlarni, standartlashtirish bo‘yicha bazaviy tashkilotlarni va bazaviy metrologik xizmatni, shuningdek axborotlashtirishni joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha mustaqil daromad manbaiga ega bo‘lmagan xizmatlarni rivojlantirishga ko‘maklashishni
Dostları ilə paylaş: |