Eletr tokidan shikastlanganlarga birinchi yordam ko’rsatish.
Xozirgi zamon tibbiyoti elektr tokidan shikastlanganlarga samarali yordam ko’rsatish uchun, shu jumladan, tok ta’siridan ulganlarni tiriltirish uchun kuplab mukammal vositalarga ega. Ammo elektr kurilmalarida ishlaydigan xar bir kishi to tibbiyot xodimlari yetib kelgunlariga kadar, elektr tokidan shikastlangan odamga birinchi yordam ko’rsatishni bilishi kerak.
Kungilsiz xodisa yuz berganda ko’rsatiladigan birinchi yordam ikki boskichdan: shikastlangan tok ta’siridan xalos qilish va unga tibbiy yordam ko’rsatishdan iborat. Ammo unda xayot alomatlari sezilmasa nafas olmayotgan, yuragi, kon tomiri urmayotgan bulsa xam yerdam ko’rsataverish kerak, chunki klinik ulim bir necha mino’t davom etadi. Shu vaqt ichida unga yerdam ko’rsatishga ulgurish lozim.
Shikastlangan odamni tok ta’siridan bir necha usullar bilan xalos qilish mumkin. Eng oddiy usul -elektr kurilmasining tegishli qismlarini elektr tarmog’idan uzib kuyish. Agar buni tezda amalga oshirishning imkoni bo’lmasa, u xolda simlarni kesib tashlash (kuchlanish 1000 V dan oshmaganda rasm).
Bu xollarda yordam ko’rsatayotgan kishi simlarni dastasi tok o’tkazmaydigan asbob bilan yoki elektr o’tkazmaydigan kulkop kiyib uzishi, bunda xar kaysi simni aloxida-aloxida kesish kerak. Tok urgan odamga tegib turgan simni olib tashlash uchun tok o’tkazmaydigan kuruk yogoch, tayek, taxta va boshka narsalardan foydalanishi mumkin. Kuchlanish 1000 V dan katta bo’lganda bu maksadda elektr o’tkazmaydigan kulkop, botikdan, zarur xollarda esa izolyatsiyalovchi shtanga yoki ombirdan foydalanish kerak. Shikastlangan kishini elektr ta’siridan xalos etganda sung unga usha joyning uzida darxol yordam ko’rsatish zarur.
Agar tok urgan odam xushidan ketgan bulsa-yu, ammo xali nafas olayotgan bulsa, uni tekis yerga yushmok tushama ustiga kulay tarzda yetkizish, kamarini, tugmalarini yechish, toza havo kelishini ta’minlash, navshadil spirti xidlatish, yuziga suv sepish, badanini ishkalab isitish kerak.
Dostları ilə paylaş: |