1. Elektr tokning inson organizmiga ta’siri


Elektr kurilmalarida qo’llaniladigan himoya vositalari



Yüklə 85,5 Kb.
səhifə8/12
tarix19.02.2022
ölçüsü85,5 Kb.
#52811
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
1. Elektr tokning inson organizmiga ta’siri

Elektr kurilmalarida qo’llaniladigan himoya vositalari.

Elektr kurilmalarini ishlatish jarayonida kupincha shunday sharoit yuzaga keladiki, bunda ular xatto juda mukammal bulsa xam, ishlovchilarning xavfsizligini ta’minlay olmaydi va kushimcha himoya vositalaridan foydalanishga to’g’ri keladi.

Himoya vositalarini shartli ravishda uch guruxga: izolyatsiyalovchi, tusuvchi va yordamchi vositalarga bo’lish mumkin.

Izolyatsiyalovchi vositalar odamga tok o’tkazuvchi qismlaridan yoki ulangan qismlardan, shunigdek, yerdan elektr toki o’tmasligini ta’minlaydi. Ular asosiy va yordamchi vositalarga bulinadi.

Asosiy izolyatsiyalovchi himoya vositalari uzoq vaqt mobaynida elektr kurilmasining kuchlanishga chidash xossasiga ega, shu sababli ular vositasida kuchlanish ostida bo’lgan tok o’tkazuvchi qismlarga tegishi mumkin. Ularga kuyidagilar kiradi:

-kuchlanishi 1000 V dan oshmaydigan elektr kurilmalarida -elektr o’tkazmaydigan rezina kulkoklar, dastasi izolyatsiyalangan asboblar va tok izlagichlar;

-1000 V dan yukori kuchlanishli elektr kurilmalarida-izolyatsiyalovchi shtangalar, izolyatsiyalovchi va tok ulchash ombirlari, shunigdek, yukori kuchlanishni ko’rsatkichlar.

Kushimcha izolyatsiyalovchi himoya vositalariga kuyidagilar kiradi:

-kuchlanishi 1000 V dan oshmaydigan kurilmalarda -izolyalovchi poyandozlar va tagliklar;

-kuchlanish 1000 V dan katta bo’lgan kurilmalarda-botiklar va tok o’tkazmaydigan kulkoplar.

Izolyatsiyalovchi shtangalar bir ko’tbli ajratgichlarni uzib kuyish va ulashga mo’ljalangan.

Izolyatsiyalovchi ombirlardan kuchlanishi ostida bo’lgan naychasimon saqlagichlar bilan ishlashda va xokazoklarda foydalaniladi.

Tok ulchash ombiri kuchma asbob bulib, u simdan, shinadan va shu kabilardan o’tayotgan tokni elektr zanjirini tarmokdan uzmasdan ulchash uchun ishlatiladi.


Yüklə 85,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin