Fe + 2AgNO 3 = Fe(NO3)2+ 2Ag Elektrokimyoviy reaksiyalar va uning ochilish tarixi Elektrokimyo elektr energiyasi, qabul qilish yoki chiqarish bilan boradigan
kimyoviy reaksiyalarni o'rganadigan kimyoning bir bo'limidir. Bunday jarayonlar
elektrkimyoviy jarayonlar deyiladi.
Elektrokimyoviy reaksiyalarda kimyoviy energiya elektr energiyasiga va aksincha elektr energiyasi kimyoviy energiyaga aylanadi (elektr va kimyoviy
hodisalarning bir-biriga bog'liqlig'i haqidagi tasawurlar XVIII asr oxirlari va XIX asr
boshlarida paydo bo'ldi. Elektr haqidagi ta'limotning asoschilari Italiya fizigi Volta
(1793 — 1801), shved olimlari Berselius (1802), Arrennius (1887), Angliya olimlari
Devi (1807), Faradey (1833) va boshqalar hisoblanadi. Elektrokimyoviy ishlab
chiqarish jarayoni elektroliz hodisalariga asoslangan. Eritma va suyuqlanmalami elektrolizi sanoatning ko'pgina tarmoqlarida, texnika va turmushda keng qo'llaniladi.
Suvli eritmalami elektroliz qilish yo'li bilan ko'pgina anorganik mahsulotlar: xlor, brom,
yod, vodorod, kislorod, natriy va kaliy gidroksidlari, gipoxloritlar, xloratlar,
permanganat, persulfit, vodorod peroksid va boshqalar olinadi. Elektrokimyoviy
jarayonlar ba'zi organik moddalarni ishlab chiqarishda ham qo'llanildi.
Masalan, spirtlardan, anodli oksidlash yo'li bilan aldegid va ketonlar olinadi,
funksional guruhlarning elektrkimyoviy qaytarish yo'li bilan nitrobenzoldan benzidin
olinadi. Suvli eritmalami elektroliz qilib ko'pgina rangli metallar: mis, vismut, sur'ma,
qalay, qo'rg'oshin, nikel, kobalt, kadmiy, rux olinadi va tozalanadi. Suyuqlanmalami
elektroliz qilib, ko'pgina yengil, oson suyuqlanadigan va nodir metallar qotishmalari
olinadi, metallar tozalanadi. Aluminiy, natriy, kaliy, litiy, magniy kabi metallar
faqatgina elektrkimyoviy usulda olinadi.
Avtomobil sanoatida, mashinasozlik va boshqa qator sohalarda metallar sirtini
elektrkimyoviy qoplash usulidan keng foydaniladi. Galvanoplastika orqali
buyumlarning aniq metall nusxalari olinadi. Nashriyotlarda klishelar matritsasi, bosma
radiotexnik sxemalartayyorlanadi. Po'latni elektrkimyoviy silliqlash, aluminiy va magniyni ohorlash ishlari ham elektroliz yordamida bajariladi. Nikellash, xromlash,
oltin, kumush bilan buyumlar sirtini qoplash kabi bir qator muhim ishlar amalga
oshiriladi. Bular metallaming korroziyasiga chidamliligini oshiradi, qattiqligi va
yemirilishga chidamliligini oshiradi, ko'rinishini chiroyli qiladi. Turli akkumlatorlar
ishlab chiqarish ham kimyoviy energiyani elektr energiyasiga aylantirishga asoslangan.
Elektrokimyoning tez sur'atlarda o'sib, taraqqiy etib borishi va undan sanoatning turli
tarmoqlarida foydalanishning kengayib borishi boshqa usuldan, masalan, sof kimyoviy
usuldan ancha afzalligi bilan izohlanadi. Elektrolizni qo'llash ishlab chiqarish jarayonlarida turli uskuna va jihozlar sonini qisqartirish imkonini beradi. Bunda arzon
xomashyodan to'liq foydalanish, juda toza, sifatli mahsulot olish imkoniyati tug'iladi.
Elektrkimyoviy usulning asosiy kamchiligi, elektrtokni ko'p sarflashidadir. Shuning
uchun ham bu sohada elektr energiyasini tejashga e'tibor qaratilmog'i lozim.
Xulosa.
Xulosa qilib aytganda, sistemaning oksidlanish-qaytarilish potensiali qanchalik katta bo’lsa, metallning oksidlangan shakli shunchalik kuchli oksidlovchi xossaga ega bo’ladi. Elektrod potensial elektronlaming eritmaga o’lishga intilish jarayonining nisbiy o’lchami bo’ladi. Shu sababli, bu jarayonlarni oksidlanish-qaytarilish emas, oksidlanish potensiali deb atash o ‘rinli bo’lar edi va shu bilan birga, umumiy jarayonni esa oksidlanish- qaytarilish muvozanati, sistemasi va hokazo deb atash kerak.