1. Elektron pochta servisi Internetda eng qadimiy elektron pochtani oddiy pochta bilan to‘la taqqoslash mumkin. U ham yozma xabarlarni bir joydan boshqa joyga uzatish uchun xizmat qiladi



Yüklə 259,54 Kb.
səhifə6/6
tarix20.11.2023
ölçüsü259,54 Kb.
#162503
1   2   3   4   5   6
Reja

5.Elektron pochta protokollari
SMTP protokoli
Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, eng ko‘p tarqalgan tarmoq xizmatlaridan biri elektron pochta (e-mail) hisoblanadi. Internetda elektron pochta xabarlarini yetkazishni ta’minlovchi TCP/IP protokoli SMTP - Simple Mail Transfer Protocol qo‘llaniladi. Ushbu protokol turli tarmoq foydalanuvchilari orasidagi matnli ma’lumotlarni E-mail adreslar yordamida kompyuterlar orasida uzatishni ta’minlaydi. SMTP tarmoq foydalanuvchilari qaysi xududda joylashganligidan qat’iy nazar ularning pochta ma’lumotlarini yetkazishga mas’ul protokol xisoblanadi.
SMTP tizimi quyidagilarni tasdiqlaydi:

  • bitta xabar yoki xatni tarmoqdagi adres bo‘ylab yagona yoki bir nechta foydalanuvchiga uzatish imkoniyatini yaratadi;

  • Tarkibida matn, rasm, ovoz va video ma’lumotlarini jamlagan xabarlarni uzatish;

  • Lokal tarmoqda foydalanuvchilarga matnli xabarlarni uzatish vazifasi.

Foydalanuvchi agenti (User Agent – UA) - foydalanuvchi agenti ma’lumotlar uzatish jarayonida tarmoqning serveri yoki klientning kompyuteridan farqli ularoq, yuborilayotgan xabarning taxrir qilish, o‘zgartirish va uning tarkibida tez-tez taqrorlanishi mumkin bo‘lgan so‘zlar va terminlarni kesh xotiraga saqlash va ishlash jarayonini nazorat qilishni boshqaradi. Ushbu agent tarmoqning sarver qismida asosiy o‘zgartirishlarni amalga oshirib, (Mail Transfer Agent) yordamida uzatish jarayonini tashkil etilishini SMTP protokoli to‘liq nazorat qiladi. Quyidagi rasmda SMTP protokolining ikki agenti orasidagi aloqa sessiyasini ko‘rib o‘tish mumkin (4.2-rasm).


4.2-rasm. Uzatish pochta agenti
Quyidagi rasmda SMTP protokolining yanada qiyinroq ishlash protsessi tasvirlangan bo‘lib, unda Internet tarmog‘i orqali turli oraliq serverlarda tranzit jarayoni keltirib o‘tilgan. Tranzit serverlar TCP/IP protokolining barcha xizmat xabarlarini qabul qilishi shart bo‘lmaydi va uzatish jarayonida faqat yo‘naltirish funktsiyasi amalga oshiriladi. Bunday holatlar uchun tarmoqda maxsus shlyuz tashkil etiladi va SMTP formatini o‘zgartirish jarayonini nazorat qiladi.

4.3-rasm. Pochta shlyuzining ishlatilishi


Endi elektron pochta tizimining asosiy dasturiy komponentlarini ko‘rib o‘tamiz:
Foydalanuvchi agenti SMTPni xech qanday to‘liq yoritishlar va aniqlashlarsiz amalga oshiradi. FA – maxsus dastur bo‘lib, pochta xabarlarini uzatish va qabul qilish jarayonini boshqaradi. Foydalanuvchi agentlarining orasida eng ko‘p tarqalgani Outlook Express dasturi xisoblanadi.
Foydalanuvchi agenti taqdim etadigan xizmatlar - xatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish, xatni o‘qish, pochta qutisiga kelib tushgan xatga javob xabarini tayyorlash, qabul qilingan xatlarga muroajatlarni tashkil etish va turli matndagi xabarlarni shakllantirish imkoniyatini taqdim etadi. Ushbu agant ilovalar pog‘onasida ishlaydi.
Pochta qutisi bilan ishlash - pochta qutisi kirib kelayotgan xabarlar va xatlar tartiblash, ularni foydalanuvchining turiga qarab xatlarni joylashtirish mumkin bo‘ladi. Kirib kelgan xabarlarni tartiblashda turli kriteriyalardan foydalanish mumkin, masalan xabarning bosh xarflarini alfavit tartibi bo‘yicha joylashtirish mumkin.
Pochta ma’lumotini jo‘natish – quyidagi rasmda ikki foydalanuvchilar, birinchisi alex@mail2.spez.com va ikkinchisi bob@mail3.param.ru adres bilan belgilangan tarmoq foydalanuvchilarining pochta xabarlari SMTP protokoli yordamida elektron pochta serverlari orasidagi xabar almashuvi ko‘rsatib o‘tilgan.

4.4-rasm. SMTP protokoli yordamida tarmoq orqali elektron pochta xabarlarini yuborish
email xabarlari konverti – odatda uzatuvchi va qabul qiluvchinig mail adreslari keltirib o‘tilgan ma’lumotlar birligi xisoblanadi.
Xabar – uzatilayotgayotgan matn xabarning asosiy ma’nosini tashkil etuvchi matn xabari. Xabarning sarlavhasi, uzatuvchining adres ma’lumotlari va qabul qilivchining pochta adresi tashkil etadi. Xabarning asosiy qismini qabul qiluvchiga mo‘ljallangan matnli yangiliklardan iborat.
Xabarlarni tutilishi – SMTP boshqa ilova pog‘ona protokollardan shunisi bilan farq qiladiki, unda ma’lumotlarni uzatishda kechikishlar sodir bo‘ladi. Shunday ekan ushbu xizmatdan foydalanayotgan tarmoq foydalanuvchilari orasidagi ma’lumot almashish jarayonida o‘rtacha kechikishlar yuzaga kelish normal holat xisoblanadi.
Pochta xabarini uzatishdagi pochta xabari uzatilayotgan punktda tutilishi mumkin. SMTP protokoli xabarlarining tarmoqdagi muhimlik prioriteti pastroq bo‘lganligi uchun tarmoqdagi marshrutizator buferida bir necha millisekund saqlanadi va navbat yetib kelgach ma’lumot SMTP ma’lumotlari uzatiladi.
Uzatish muxitidagi tutilishlar - klient tomonidan ham server tomonidan ham pochta agenti ma’lumot uzatish jarayonini boshqaradi. Xabarlarni olish, uzatish va pochta qutisida saqlanadi yoki buferda saqlanish jarayonini tashkil etadi.
Guruh nomi va “Taxalluslar” – SMTP tahalluslar bu turli elektron pochta foydalanuvchilarini yagona guruhlarga birlashtirish ularning xatlarini yagona nom bilan saqlash jarayonini tashkil qilib beradi. Bundan tashqari alohida elektron pochta xizmatchilari turli hil adreslar bilan akslantirilgan bo‘lishi mumkin. Ya’ni buni bir nechta foydalanuvchini yagona adresga kengaytirish jarayoni desak xato bo‘lmaydi.
Pochta agentining ishlash ta’moyili – elektron pochta ma’lumotlarini xaqiqiy uzatuvchi agent bu pochta agenti xisoblanadi. Elektron pochta tizimida ma’lumot uzatish uchun foydalanuvchi albatta pochta agentiga murojat qiladi va elektron pochta serveri xar bir foydalanuvchiga pochta agentini xizmatini taqdim etishga mas’ul xisoblanadi. SMTP pochta agentiga xech qanday talab qo‘ymaydi va uning ishini kuzatadi holos. Pochta agentining to‘liq ishlash jarayoni quyidagi rasmda to‘liq tasvirlangan bo‘lib, ikki tomonlama uzatish jarayonini SMTP protokoli yordamida amalga oshiriladi. Pochta agenti tomonidan uzatish va qabul qilish jarayonlarini to‘liq tasvirlangan.
Ushbu rasmda SMTP ikki marotaba ishchi holatda bo‘lganligini ko‘rishimiz mumkin. Ikki elektron pochta orasidagi uzatish jarayonida SMTP ishlasa foydalanuvchi va server orasidagi (serverdan ma’lumotni foydalanuvchiga pochta xabarlarini uzatish POP3 protokoli asosida amalga oshiriladi).

Xulosa

Biz bugungi mustaqil ishimizda Elektron pochta: xabarlar uzatish xizmatining asosiy tushunchalari, xususiyatlari va afzalliklari haqida tushunchaga ega bo’ldik.



Foydalanilgan adabiyotlar



1

S.K. G’aniеv. Axborot nazariyasi va kodlash. Ma'ruzalar matni. TATU, 2014

2

N.B. Usmanova Ma'lumot uzatish tizimlari va tarmoqlari. O’quv qўllanma. Toshkеnt TATU. 2006.

3

R.X. Djuraеv, Sh.Yu. Djabbarov «Xujjatli elеktraloqa tizimlari va tarmoqlari» O’quv qo’llanma. Toshkеnt. TATU 2006.

4

Джураев Р.Х. Помехоустойчивые коды в телекоммуникационных системах. Учеб. Пособие - ТУИТ, Ташкент 2013.

5

Raymond W. Yeung Information Theory and Network Coding. Springer, 2008.

Foydalanilgan web saytlar



http://www. Ziyonet.uz.

http://library.tuit.uz

http://www.intuit.ru
http://www.Wikipedia.uz

Yüklə 259,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin