4. Internetda elektron pochta xizmatlarini tashkillashtirish Elektron pochta - internet va korporativ tarmoqlarda eng ko‘p qo‘llaniluvchi aloqa xizmatlaridan biri hisoblanadi. U shunchaki xabarlar almashish usuli bo‘lib qolmay, bugungi kunda biznes jarayonlarida elektron dokumentlar almashishni ta’minlovchi, axborotlarni taqsimlovchi asosiy kommunikatsiya vositasi hisoblanadi. Elektron pochta xizmatining asosiy bajaradigan vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
Ichki va tashqi tizimlar o‘rtasida axborot almashishni ta’minlaydi;
Elektron hujjat almashish tizimlarining komponenti hisoblanadi;
Korporativ ilovalarning transport protokolini tashkillashtiriladi;
Elektron tijorat infrastrukturasini tashkillashtirish vositasi hisoblanadi;
Bugungi kunda eng keng taralgan sotsial axborot almashish xizmati hisoblanadi.
Yuqorida keltirilgan funksiyalari sababli elektron pochta bugungi kunda muxim vazifani ta’minlaydi – yagona informatsion muhitni ta’minlaydi. Birinchi navbatda elektron pochta umumiy kommunikatsion infrastruktura yaratishni ta’minlaydi. Shuningdek, odamlar, alohida kompaniya bo‘limlari va turli organizatsiyalar o‘rtasida xabarlar va ma’lumotlar almashishni osonlashtiradi.
Elektron pochta dastlab alohida kishilar o‘rtasida ma’lumot almashishni ta’minlagan bo‘lsa, bugungi kunda elektron ko‘rinishda hujjatlar almashishga o‘tishda ish samaradorligini oshirish va vaqtni tejash kabi yangi imkoniyatlarni ta’minlamoqda.
Elektron pochta an’anaviy ma’lumotlar uzatish usullariga (an’anaviy pochta yoki faksimil aloqa) bilan solishtirganda bir qator afzalliklarni ta’minlaydi:
1) Operativlik va qo‘llashning osonligi;
Elektron pochta - global axborot almashish tizimi bo‘lib, dunyoning istalgan nuqtasiga xabarlar uzatish imkonini beradi. Elektron pochta xabarlarini uzatish va qabul qilish kompyuter texnologiyalari bo‘yicha chuqur bilim talab qilmaydi. Shu sababli ushbu xizmat nafaqat biznesda, shahsiy muloqotlarda ham qo‘llanilmoqda
2) Istalgan vaqtda istalgan joyda mavjudligi;
Elektron pochtaning asosiy ustuvorligi - uning mavjudligi hisoblanadi. Shu sababli elektron pochta kommunikatsiyaning tezkor rivojlanishiga hissa qo‘shdi. Bugungi kunda elektron pochta butun dunyoni qamrab olgan.
3) xabarlar formatining universalligi;
Elektron pochtadan foydalanishning qulayligi shundaki, katta o‘lchamdagi turli formatli ma’lumotlarni tashish imkoniyatini ta’minlaydi. Bitta elektron xabarda grafiklar, video ma’lumotlar, matnli xabarlar, ma’lumotlar bazalari fayllari va dasturiy ilovalar bir vaqtda uzatilishi mumkin.
4) xizmatning arzonligi;
Elektron pochtani xabarlarini uzatish oddiy telefon va telegraf aloqasidan ancha arzon hisoblanadi. Shuningdek, elektron pochta xabarlarini qo‘shimcha harajatlarsiz ko‘plab adreslarga darhol yuborish imkonini beradi.
5) xabarlarni yetkazish infrastrukturasining tezkorligi va ishonchliligi;
Elektron pochta jo‘natmalari internet tarmog‘i orqali jo‘natuvchi serveridan qabul qiluvchi serveriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatiladi. Ushbu jarayon judayam tez ketadi, garchi bu serverlar yer sharining turli chekkalarida joylashgan bo‘lsa ham.
6) elektron pochta xabarlarini qayta ishlash uchun mahsus amaliy dasturiy ta’minotlardan foydalanish;
Xabarning elektron xarakteridan kelib chiqib qo‘shimcha dasturiy ta’minotlar yordamida qayta ishlash amalga oshiriladi. Bu ko‘pincha korxona faoliyatining xarakteridan kelib chiqib amalga oshiriladi. Qo‘shimcha maxsus dasturiy ta’minotlar quyidagilar amalga oshirilishi mumkin:
elektron pochtalarning ma’lumotlar bazalarini yaratish;
turli hisobotlarni shakllantirish;
kompaniya faoliyatining tahlilini o‘tkazish va boshqalar.
Yuqorida keltirilganlar elektron dokumentlarni boshqarish yagona tizimini yaratish imkonini beradi.
Elektron pochta ko‘p tomonlama oddiy pochta xizmatiga o‘xshab ketadi. Xabarlar foydalanuvchi tomonidan kompyuter ishchi stolidagi dastur yordamida, matnli redaktor yordamida yoki veb brauzer yordamida tayyorlanadi. Keyin foydalanuvchi elektron pochtani yuborish dasturi chaqiriladi.
Elektron pochta – ro‘yxatga olingan adreslar o‘rtasida xabarlar almashish xizmati hisoblanadi. Dastlab elektron pochta haqida gapirilganda matnli ma’lumotlarni jo‘natish tushuniladi. Xabarlarni raqamli ko‘rinishda tasvirlash uchun ASCII kodlash tizimi qo‘llaniladi. Unda kodlashda xar bir simvol uchun 8 bit ishlatiladi.
Elektron pochta adresi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
elektronpochta@pochta.domen, talaba@tuit.uz
Bu yerda, pochta.domen – domen nomi, elektronpochta – foydalanuvchi ismi, identifikatori. Pochta adresi bitta odamga, guruxga yoki tashkilotga tegishli bo‘lishi mumkin. Ko‘pchilik holatlarda avtomatik xizmat ko‘rsatish tizimlarining ham elektron pochta adresi bo‘ladi. Pochta domeni DNS tizimida MX ko‘rinishida mavjud bo‘ladi. Agar MX mavjud bo‘lmasa, A tipidagi yozuv mavjud bo‘ladi.
Kompyuter agar MX yozuvini ko‘rsatsa, ushbu pochta domeni uchun pochta server hisoblanadi. Pochta domeniga yo‘naltirilgan barcha yo‘naltirilgan xatlar ushbu pochta serveriga borib tushadi.
Elektron pochta tizimlarida asosiy rolni uch turdagi dasturlar o‘ynaydi:
Transport agentlari (MTA - Mail Transport Agent),
Yetkazib berish agentlari (MDA - Mail Delivery Agent),
Foydalanuvchi agentlari (MUA - Mail User Agent).
Elektron pochta tizimlarida ushbu dasturiy tizimlarining ishlashi va o‘zaro aloqasi 4.1-rasmda keltirilgan.
4.1-rasm. Elektron pochta xizmatlarining tashkillashtirilishi
Transport agentlari odatda pochta serverida ishlaydi. Transport agentlari pochta xabarlarining marshrutizatori vazifasini bajaradi. Uning vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
Pochta xabarlari adresi va sarlovhalarini o‘zgartirish, ya’ni:
- jo‘natmalar ro‘yxatini tuzish, qayta ishlash va yo‘naltirish,
- adreslarni boshqa formatdagi pochta adresiga o‘zgartirish, agar MTA ikki pochta tizimi o‘rtasida shlyuz vazifasini bajarsa (masalan, Internet Mail va Sprint Mail tizimlari o‘rtasida),
- jo‘natuvchi pochta domeni nomini o‘zgartirish,
- xabarga boshqaruv xizmati sarlavxasini o‘rnatish va uning asosida muloqotlarni marshrutlash va qayta ishlash;
Xar bir xabar uchun yeltuvchi agentni belgilash va tanlangan agentga xabarni jo‘natish;
Xabarlar navbatini boshqarish, xabarlarni tezkor tekazish imkoniyati bo‘lmaganda agentlarni qayta chaqirish va belgilash;
Agar xabarni biror sabab tufayli yetkazish imkoni bo‘lmaganda qayta jo‘natuvchiga yuborish.
Yetkazuvchi agentlar biror usulda xabarlarni fbelgilangan adresga yetkazishni ta’minlaydi. Yetkazib beruvchi agentlarning bir necha turlari mavjud:
local – kompyuterda joylashgan pochta qutisiga xat yo‘naltiriladi; xabar bunda belgilangan fayl tarkibiga qo‘shimcha qilinadi(masalan, Unix da bu fayl /var/mail/pochtoviy_yshik).
SMTP – xabar boshqa pochta domenidagi pochta qutisiga yuboriladi; ushbu jarayon SMTP protokoli yordamida masofadagi serverning transport agenti bilash bog‘lanish orqali amaldga oshiriladi.
prog – xabar biror dastur yordamida qayta ishlanishi zarur bo‘ladi; xabarni eltish ushbu dasturni chaqirish orqali amalga oshiriladi, dastur kirishiga xabar mazmuni beriladi.
Umuman, xabarlarni yetkazib berish usullari va agentlari har xil bo‘ladi: masalan, ma’lumotlar bazasiga xabarlarni saqlash, xabarni jo‘natish, faks bo‘yicha xabarni jo‘natish va boshqalar. Har bir alohida xabar uchun yetkazuvchi agentni tanlash transport agenti yordamida amalga oshiriladi, bunda xabar adresini belgilash va transport agentini konfishuratsiyalash amalga oshiriladi.
Foydalanuvchi agenti elektron pochta bilan ishlash uchun foydalanuvchi grafik qobig‘ini ta’minlaydi:
pochta serveridan xabarni olishni ta’minlaydi;
pochta xabarlarini taqdim etish, saqlash, o‘chirish va guruxlashni amalga oshiradi;
yangi xabarni yaratish, unga transport agentini belgilash, keyingi jo‘natish va qayta ishlash uchun jo‘natishni ta’minlaydi.
Rasmda keltirilgan misol asosida elektron pochta xizmatining ishlash nrinsipini ko‘rib chiqamiz. Tasvirlangan pochta serveri m.vvsu.ru adresga ega va pochta adresi sifatida Man@cts.vvsu.ru nomi bilan konfiguratsiya qilingan. Shunday qilib, DNS ma’lumotlar bazasida vvsu.ru yozuv bo‘ladi:
cts.vvsu.ru. IN MX 10m.vvsu.ru.
Bugungi kunda IMAP4 protokoli keng qo‘llanila boshlandi, ushbu protokoli POP3 ning kengaygan versiyasi hisoblanadi. Shu protokoli foydalanuvchi agentini ta’minlaydi va pochta serverida xabarlarni saqlash va guruxlashni ta’minlaydi, POP-3 kabi foydalanuvchi kompyuterida ma’lumot saqlamaydi. Ushbu qulaylik foydalanuvchilar uchun faqat o‘zining kompyuterida elektron pochta bilash emas balki istalgan joyda elektron pochtaga kirish va xabarlarni o‘qish imkonini beradi.