1. Elektron pochta servisi Internetda eng qadimiy elektron pochtani oddiy pochta bilan to‘la taqqoslash mumkin. U ham yozma xabarlarni bir joydan boshqa joyga uzatish uchun xizmat qiladi


Elektron pochta an’anaviy ma’lumotlar uzatish usullari



Yüklə 259,54 Kb.
səhifə2/6
tarix20.11.2023
ölçüsü259,54 Kb.
#162503
1   2   3   4   5   6
Reja

2. Elektron pochta an’anaviy ma’lumotlar uzatish usullari
(an’anaviy pochta yoki faksimil aloqa) bilan solishtirganda bir qator afzalliklarni ta’minlaydi:
1) Operativlik va qo‘llashning osonligi;
Elektron pochta - global axborot almashish tizimi bo‘lib, dunyoning istalgan nuqtasiga xabarlar uzatish imkonini beradi. Elektron pochta xabarlarini uzatish va qabul qilish kompyuter texnologiyalari bo‘yicha chuqur bilim talab qilmaydi. Shu sababli ushbu xizmat nafaqat biznesda, shahsiy muloqotlarda ham qo‘llanilmoqda
2) Istalgan vaqtda istalgan joyda mavjudligi;
Elektron pochtaning asosiy ustuvorligi - uning mavjudligi hisoblanadi. Shu sababli elektron pochta kommunikatsiyaning tezkor rivojlanishiga hissa qo‘shdi. Bugungi kunda elektron pochta butun dunyoni qamrab olgan.
3) xabarlar formatining universalligi;
Elektron pochtadan foydalanishning qulayligi shundaki, katta o‘lchamdagi turli formatli ma’lumotlarni tashish imkoniyatini ta’minlaydi. Bitta elektron xabarda grafiklar, video ma’lumotlar, matnli xabarlar, ma’lumotlar bazalari fayllari va dasturiy ilovalar bir vaqtda uzatilishi mumkin.
4) xizmatning arzonligi;
Elektron pochtani xabarlarini uzatish oddiy telefon va telegraf aloqasidan ancha arzon hisoblanadi. Shuningdek, elektron pochta xabarlarini qo‘shimcha harajatlarsiz ko‘plab adreslarga darhol yuborish imkonini beradi.
5) xabarlarni yetkazish infrastrukturasining tezkorligi va ishonchliligi;
Elektron pochta jo‘natmalari internet tarmog‘i orqali jo‘natuvchi serveridan qabul qiluvchi serveriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatiladi. Ushbu jarayon judayam tez ketadi, garchi bu serverlar yer sharining turli chekkalarida joylashgan bo‘lsa ham.
6) elektron pochta xabarlarini qayta ishlash uchun mahsus amaliy dasturiy ta’minotlardan foydalanish;
Xabarning elektron xarakteridan kelib chiqib qo‘shimcha dasturiy ta’minotlar yordamida qayta ishlash amalga oshiriladi. Bu ko‘pincha korxona faoliyatining xarakteridan kelib chiqib amalga oshiriladi. Qo‘shimcha maxsus dasturiy ta’minotlar quyidagilar amalga oshirilishi mumkin:
- elektron pochtalarning ma’lumotlar bazalarini yaratish;
- turli hisobotlarni shakllantirish;
- kompaniya faoliyatining tahlilini o‘tkazish va boshqalar.
Yuqorida keltirilganlar elektron dokumentlarni boshqarish yagona tizimini yaratish imkonini beradi.
Elektron pochta ko‘p tomonlama oddiy pochta xizmatiga o‘xshab ketadi. Xabarlar foydalanuvchi tomonidan kompyuter ishchi stolidagi dastur yordamida, matnli redaktor yordamida yoki veb brauzer yordamida tayyorlanadi. Keyin foydalanuvchi elektron pochtani yuborish dasturi chaqiriladi.
Elektron pochta – ro‘yxatga olingan adreslar o‘rtasida xabarlar almashish xizmati hisoblanadi. Dastlab elektron pochta haqida gapirilganda matnli ma’lumotlarni jo‘natish tushuniladi. Xabarlarni raqamli ko‘rinishda tasvirlash uchun ASCII kodlash tizimi qo‘llaniladi. Unda kodlashda xar bir simvol uchun 8 bit ishlatiladi.
Elektron pochta adresi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
elektronpochta@pochta.domen, talaba@tuit.uz
Bu yerda, pochta.domen – domen nomi, elektronpochta – foydalanuvchi ismi, identifikatori. Pochta adresi bitta odamga, guruxga yoki tashkilotga tegishli bo‘lishi mumkin. Ko‘pchilik holatlarda avtomatik xizmat ko‘rsatish tizimlarining ham elektron pochta adresi bo‘ladi. Pochta domeni DNS tizimida MX ko‘rinishida mavjud bo‘ladi. Agar MX mavjud bo‘lmasa, A tipidagi yozuv mavjud bo‘ladi.
Kompyuter agar MX yozuvini ko‘rsatsa, ushbu pochta domeni uchun pochta server hisoblanadi. Pochta domeniga yo‘naltirilgan barcha yo‘naltirilgan xatlar ushbu pochta serveriga borib tushadi.
Elektron pochta tizimlarida asosiy rolni uch turdagi dasturlar o‘ynaydi:
- Transport agentlari (MTA - Mail Transport Agent),
- Yetkazib berish agentlari (MDA - Mail Delivery Agent),
- Foydalanuvchi agentlari (MUA - Mail User Agent).
Elektron pochta tizimlarida ushbu dasturiy tizimlarining ishlashi va o‘zaro aloqasi 4.1-rasmda keltirilgan.
Transport agentlari odatda pochta serverida ishlaydi. Transport agentlari pochta xabarlarining marshrutizatori vazifasini bajaradi. Uning vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
• Pochta xabarlari adresi va sarlovhalarini o‘zgartirish, ya’ni:
- jo‘natmalar ro‘yxatini tuzish, qayta ishlash va yo‘naltirish,
- adreslarni boshqa formatdagi pochta adresiga o‘zgartirish, agar MTA ikki pochta tizimi o‘rtasida shlyuz vazifasini bajarsa (masalan, Internet Mail va Sprint Mail tizimlari o‘rtasida),
- jo‘natuvchi pochta domeni nomini o‘zgartirish,
- xabarga boshqaruv xizmati sarlavxasini o‘rnatish va uning asosida muloqotlarni marshrutlash va qayta ishlash;
• Xar bir xabar uchun yeltuvchi agentni belgilash va tanlangan agentga xabarni jo‘natish;
• Xabarlar navbatini boshqarish, xabarlarni tezkor tekazish imkoniyati bo‘lmaganda agentlarni qayta chaqirish va belgilash;
• Agar xabarni biror sabab tufayli yetkazish imkoni bo‘lmaganda qayta jo‘natuvchiga yuborish.
Yetkazuvchi agentlar biror usulda xabarlarni fbelgilangan adresga yetkazishni ta’minlaydi. Yetkazib beruvchi agentlarning bir necha turlari mavjud:
- local – kompyuterda joylashgan pochta qutisiga xat yo‘naltiriladi; xabar bunda belgilangan fayl tarkibiga qo‘shimcha qilinadi(masalan, Unix da bu fayl /var/mail/pochtoviy_yshik).
- SMTP – xabar boshqa pochta domenidagi pochta qutisiga yuboriladi; ushbu jarayon SMTP protokoli yordamida masofadagi serverning transport agenti bilash bog‘lanish orqali amaldga oshiriladi.
- prog – xabar biror dastur yordamida qayta ishlanishi zarur bo‘ladi; xabarni eltish ushbu dasturni chaqirish orqali amalga oshiriladi, dastur kirishiga xabar mazmuni beriladi.
Umuman, xabarlarni yetkazib berish usullari va agentlari har xil bo‘ladi: masalan, ma’lumotlar bazasiga xabarlarni saqlash, xabarni jo‘natish, faks bo‘yicha xabarni jo‘natish va boshqalar. Har bir alohida xabar uchun yetkazuvchi agentni tanlash transport agenti yordamida amalga oshiriladi, bunda xabar adresini belgilash va transport agentini konfishuratsiyalash amalga oshiriladi.
Foydalanuvchi agenti elektron pochta bilan ishlash uchun foydalanuvchi grafik qobig‘ini ta’minlaydi:
- pochta serveridan xabarni olishni ta’minlaydi;
- pochta xabarlarini taqdim etish, saqlash, o‘chirish va guruxlashni amalga oshiradi;
- yangi xabarni yaratish, unga transport agentini belgilash, keyingi jo‘natish va qayta ishlash uchun jo‘natishni ta’minlaydi.
Rasmda keltirilgan misol asosida elektron pochta xizmatining ishlash nrinsipini ko‘rib chiqamiz. Tasvirlangan pochta serveri m.vvsu.ru adresga ega va pochta adresi sifatida Man@cts.vvsu.ru nomi bilan konfiguratsiya qilingan. Shunday qilib, DNS ma’lumotlar bazasida vvsu.ru yozuv bo‘ladi:
cts.vvsu.ru. IN MX 10m.vvsu.ru.
Bugungi kunda IMAP4 protokoli keng qo‘llanila boshlandi, ushbu protokoli POP3 ning kengaygan versiyasi hisoblanadi. Shu protokoli foydalanuvchi agentini ta’minlaydi va pochta serverida xabarlarni saqlash va guruxlashni ta’minlaydi, POP-3 kabi foydalanuvchi kompyuterida ma’lumot saqlamaydi. Ushbu qulaylik foydalanuvchilar uchun faqat o‘zining kompyuterida elektron pochta bilash emas balki istalgan joyda elektron pochtaga kirish va xabarlarni o‘qish imkonini beradi.

1.3. Elektron pochta protokollari


SMTP protokoli
Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, eng ko‘p tarqalgan tarmoq xizmatlaridan biri elektron pochta (e-mail) hisoblanadi. Internetda elektron pochta xabarlarini yetkazishni ta’minlovchi TCP/IP protokoli SMTP - Simple Mail Transfer Protocol qo‘llaniladi. Ushbu protokol turli tarmoq foydalanuvchilari orasidagi matnli ma’lumotlarni E-mail adreslar yordamida kompyuterlar orasida uzatishni ta’minlaydi. SMTP tarmoq foydalanuvchilari qaysi xududda joylashganligidan qat’iy nazar ularning pochta ma’lumotlarini yetkazishga mas’ul protokol xisoblanadi.
SMTP tizimi quyidagilarni tasdiqlaydi:
- bitta xabar yoki xatni tarmoqdagi adres bo‘ylab yagona yoki bir nechta foydalanuvchiga uzatish imkoniyatini yaratadi;
- Tarkibida matn, rasm, ovoz va video ma’lumotlarini jamlagan xabarlarni uzatish;
- Lokal tarmoqda foydalanuvchilarga matnli xabarlarni uzatish vazifasi.
Foydalanuvchi agenti (User Agent – UA) - foydalanuvchi agenti ma’lumotlar uzatish jarayonida tarmoqning serveri yoki klientning kompyuteridan farqli ularoq, yuborilayotgan xabarning taxrir qilish, o‘zgartirish va uning tarkibida tez-tez taqrorlanishi mumkin bo‘lgan so‘zlar va terminlarni kesh xotiraga saqlash va ishlash jarayonini nazorat qilishni boshqaradi. Ushbu agent tarmoqning sarver qismida asosiy o‘zgartirishlarni amalga oshirib, (Mail Transfer Agent) yordamida uzatish jarayonini tashkil etilishini SMTP protokoli to‘liq nazorat qiladi. Quyidagi rasmda SMTP protokolining ikki agenti orasidagi aloqa sessiyasini ko‘rib o‘tish mumkin
Quyidagi rasmda SMTP protokolining yanada qiyinroq ishlash protsessi tasvirlangan bo‘lib, unda Internet tarmog‘i orqali turli oraliq serverlarda tranzit jarayoni keltirib o‘tilgan. Tranzit serverlar TCP/IP protokolining barcha xizmat xabarlarini qabul qilishi shart bo‘lmaydi va uzatish jarayonida faqat yo‘naltirish funktsiyasi amalga oshiriladi. Bunday holatlar uchun tarmoqda maxsus shlyuz tashkil etiladi va SMTP formatini o‘zgartirish jarayonini nazorat qiladi.
Endi elektron pochta tizimining asosiy dasturiy komponentlarini ko‘rib o‘tamiz:
Foydalanuvchi agenti SMTPni xech qanday to‘liq yoritishlar va aniqlashlarsiz amalga oshiradi. FA – maxsus dastur bo‘lib, pochta xabarlarini uzatish va qabul qilish jarayonini boshqaradi. Foydalanuvchi agentlarining orasida eng ko‘p tarqalgani Outlook Express dasturi xisoblanadi.
Foydalanuvchi agenti taqdim etadigan xizmatlar - xatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish, xatni o‘qish, pochta qutisiga kelib tushgan xatga javob xabarini tayyorlash, qabul qilingan xatlarga muroajatlarni tashkil etish va turli matndagi xabarlarni shakllantirish imkoniyatini taqdim etadi. Ushbu agant ilovalar pog‘onasida ishlaydi.
Pochta qutisi bilan ishlash - pochta qutisi kirib kelayotgan xabarlar va xatlar tartiblash, ularni foydalanuvchining turiga qarab xatlarni joylashtirish mumkin bo‘ladi. Kirib kelgan xabarlarni tartiblashda turli kriteriyalardan foydalanish mumkin, masalan xabarning bosh xarflarini alfavit tartibi bo‘yicha joylashtirish mumkin.
Pochta ma’lumotini jo‘natish – quyidagi rasmda ikki foydalanuvchilar, birinchisi alex@mail2.spez.com va ikkinchisi bob@mail3.param.ru adres bilan belgilangan tarmoq foydalanuvchilarining pochta xabarlari SMTP protokoli yordamida elektron pochta serverlari orasidagi xabar almashuvi ko‘rsatib o‘tilgan. email xabarlari konverti – odatda uzatuvchi va qabul qiluvchinig mail adreslari keltirib o‘tilgan ma’lumotlar birligi xisoblanadi.
Xabar – uzatilayotgayotgan matn xabarning asosiy ma’nosini tashkil etuvchi matn xabari. Xabarning sarlavhasi, uzatuvchining adres ma’lumotlari va qabul qilivchining pochta adresi tashkil etadi. Xabarning asosiy qismini qabul qiluvchiga mo‘ljallangan matnli yangiliklardan iborat.
Xabarlarni tutilishi – SMTP boshqa ilova pog‘ona protokollardan shunisi bilan farq qiladiki, unda ma’lumotlarni uzatishda kechikishlar sodir bo‘ladi. Shunday ekan ushbu xizmatdan foydalanayotgan tarmoq foydalanuvchilari orasidagi ma’lumot almashish jarayonida o‘rtacha kechikishlar yuzaga kelish normal holat xisoblanadi.
Pochta xabarini uzatishdagi pochta xabari uzatilayotgan punktda tutilishi mumkin. SMTP protokoli xabarlarining tarmoqdagi muhimlik prioriteti pastroq bo‘lganligi uchun tarmoqdagi marshrutizator buferida bir necha millisekund saqlanadi va navbat yetib kelgach ma’lumot SMTP ma’lumotlari uzatiladi.
Uzatish muxitidagi tutilishlar - klient tomonidan ham server tomonidan ham pochta agenti ma’lumot uzatish jarayonini boshqaradi. Xabarlarni olish, uzatish va pochta qutisida saqlanadi yoki buferda saqlanish jarayonini tashkil etadi.
Guruh nomi va “Taxalluslar” – SMTP tahalluslar bu turli elektron pochta foydalanuvchilarini yagona guruhlarga birlashtirish ularning xatlarini yagona nom bilan saqlash jarayonini tashkil qilib beradi. Bundan tashqari alohida elektron pochta xizmatchilari turli hil adreslar bilan akslantirilgan bo‘lishi mumkin. Ya’ni buni bir nechta foydalanuvchini yagona adresga kengaytirish jarayoni desak xato bo‘lmaydi.
Pochta agentining ishlash ta’moyili – elektron pochta ma’lumotlarini xaqiqiy uzatuvchi agent bu pochta agenti xisoblanadi. Elektron pochta tizimida ma’lumot uzatish uchun foydalanuvchi albatta pochta agentiga murojat qiladi va elektron pochta serveri xar bir foydalanuvchiga pochta agentini xizmatini taqdim etishga mas’ul xisoblanadi. SMTP pochta agentiga xech qanday talab qo‘ymaydi va uning ishini kuzatadi holos. Pochta agentining to‘liq ishlash jarayoni quyidagi rasmda to‘liq tasvirlangan bo‘lib, ikki tomonlama uzatish jarayonini SMTP protokoli yordamida amalga oshiriladi. Pochta agenti tomonidan uzatish va qabul qilish jarayonlarini to‘liq tasvirlangan.
Ushbu rasmda SMTP ikki marotaba ishchi holatda bo‘lganligini ko‘rishimiz mumkin. Ikki elektron pochta orasidagi uzatish jarayonida SMTP ishlasa foydalanuvchi va server orasidagi (serverdan ma’lumotni foydalanuvchiga pochta xabarlarini uzatish POP3 protokoli asosida amalga oshiriladi).
Biror grant, universitet yoki dasturga hujjat topshirishda elektron pochtangiz (email) bo'lishi lozim.
Deyarli barcha dasturlar qabul qilingan yoki qilinmaganingizni Paqat elektron pochta orqalixabar qiladi.
Shu sababli biror dastur/grantga ariza toldirishda faqat o'zingiz chindan ishlatadigan va login hamda paroliesingizda bo'lgan elektron pochta manzilini yozing.
Ba'zilar arizani to'ldirishda paroli esidan chiqib ketgan yoki umuman mavjud bo'lmagan emailni yozib yuboradi. Keyin natijani bilolmay sarson bo'ladi. Siz aslo bunday qilmang!
Agar dasturga ariza topshirishda email so'ralsa va emailingiz bo'lmasa, avval email ochib, email manzili va parolini tayinli joygayozib qo'yib, keyin ariza topshiring.
Shuningdek, email siz o'ylagandan ko'ra jiddiy^qabul qilinishi mumkin. Shu sababli email
Shuningdek, email siz o'ylagandan ko'ra jiddiyqabul qilinishi mumkin. Shu sababli email manziliga imkon qadar o'zingizning ism-Pamiliyangizni yozing.
Masalan, EshmatovToshmat@gmail.com yoki EshmatovT@gmail.com yoxud Eshmatov_Toshmat@maill.ru va h.k.
Imkon qadar email manzili uchun jiddiy bo'lmagan nom tanlamang. Jiddiy boTmagan nomlarga quyidagilar kiradi:
1. Har xil hayvon, jism, so'z va h.k.Larni o'z ichiga olgan emaillar. Masalan:
BlackStar07@mail.ru, ScorpionLove@gmail.com va h.k.
2. Raqamlarni, ayniqsa, ko'p raqamlarni o'z ichiga olgan nom. Masalan,
Eshmatjonl 111 (cpgmaiLcom, ToshmatguL0909@mail.ru va h.k.
Agar hali ham emailingiz bo'lmasa, bugunoq ochib oling.
Ishlatish uchun Gmail ochishni tavsiya qilamiz. Biroq istasangiz Mail.ru shaklidagi mail ochishingiz ham mumkin.
Elektron pochta orqali xabar tarqatish — bu Internet-marketing vositalaridan biri boʻlib, ommaviy bogʻlanish, guruhli muloqot va reklama vositasidir. Maqsadi elektron pochta xabarlarini oldindan tuzilgan roʻyxat boʻyicha qabul qiluvchilar guruhiga avtomatlashtirilgan tarzda tarqatishdan iborat.
Xabar tarqatish marketing vositasi sifatida toʻgʻridan- toʻgʻri marketingga kiradi va pochta joʻnatmalari (xatlar, bukletlar, kataloglar, otkritkalar, taklifnomalar), elektron pochta yoki SMS koʻrinishida boʻlishi mumkin.
Habar tarqatishning turlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Roʻyhatni shakllantirish turi boʻyicha[tahrir | manbasini tahrirlash]
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin