1. Emotsiyalarning shaxs shakllanishidagi o’rni


Kasbiy yo’nalganlikni aniqlash metodikasi



Yüklə 158,86 Kb.
səhifə32/64
tarix22.06.2022
ölçüsü158,86 Kb.
#62068
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   64
eksperimental psixologiya

44.Kasbiy yo’nalganlikni aniqlash metodikasi
Kasbiy yo’nalganlikni o’rganish metodikasi.
Maqsad: Shaxs kasbiy yo’nalganlikini metodika yordamida o’rganish
Kerakli jihozlar: metodika namunasi, javoblar varaqasi
Ko`rsatma: Qiziqishlaringiz sohasi va yo`nalishini aniqlashga qaratilgan quyidagi savollarning har birini diqqat bilan o`qing va mumkin qadar aniq javob berishga harakat qiling.
Agar savolda so`ralgan mazmun, sizga, har tomonlama ma’qul tushsa va juda yoqsa, unda javob varaqasining tegishli katakchasiga ikkita plyus (++) belgisini qo`yasiz.
Agar savol mazmuni shunchaki yoqsa, unda bitta plyus (+), agar yoqish-yoqmasligini bilmasangiz yoki ikkilansangiz unda, nol (0) qo`yasiz.
Agar savol mazmuni sizga ma’qul bo`lmasa, minus ( — ), agar juda yoqmasa, ya’ni bu faoliyatni yomon ko`rsangiz, unda ikkita minus ( — — ) belgisini qo`yasiz.
Natijalarni qayta ishlash
Javob varaqasining o`ng qismida 29-satrning 6-ustunida jami 174 ta nomerlangan katakcha bo`lib, har bir satrdagi javoblar ma’lum bir mazmunni, ya’ni muayyan qiziqish sohasiga tegishli javoblarni o`zida jamlaydi. O’ng tomonga esa tadqiqotchining ishlanmalari yoziladi. Bu qismda 3 ustun katakchalar bo`lib, birinchi ustunning har bir katakchasiga tegishli satrlardagi qo`shuv (+) belgilari soni yozib chiqiladi. So`ng o`sha satrdagi barcha ayiruv (-) belgilarning soni sanab, ikkinchi ustunning tegishli katakchasiga yozib qo`yiladi. Javob varaqasidagi “0” belgilar inobatga olinmaydi. Shunday qilib, birinchi ustundagi barcha katakchalar qo`shuvlar soni bilan, ikkinchi ustuni esa har bir satrdagi ayruvlar soni bilan to`ldiriladi.
O’z-o`zidan ma’lumki, qo`shuv belgilar soni qanchalik ko`p bo`lsa, o`sha satrga taaluqli bo`lgan qiziqish bolada ko`proq shakllangan bo`ladi va agar ayiruv belgilar soni ko`p bo`lsa, demak, tegishli soha bola uchun nafaqat ahamiyatsiz, balki keraksiz ekanligi e’tirof etiladi. Har bir satrda qo`shuvlar soni 0-12 oraliqda bo`lishi mumkin.
Har bir satrdagi jami qo`shuvlar va ayiruvlar sonining ayirmasini (algebraik yig’indisini) olib uchinchi ustunning tegishli katakchalariga yozib chiqsak, unda sinaluvchining har bir satrdagi qiziqishlar sohasining haqiqiy bahosini topgan bo`lamiz. Uchinchi ustundagi sonlar musbat ham, manfiy ham bo`lishi mumkin. Ko`rsatkichlar -12 dan +12 gacha oraliqda bo`lib, bolaning har bir sohaga bo`lgan munosabatini aniq ifodalashga qaratilgandir. Shubhasiz, musbat ko`rsatkichli qiziqishlar alohida ahamiyatga ega. Lekin manfiy ko`rsatkichli sohalar ham o`qituvchilar, ota-onalar uchun ma’lum bir mulohazalar qilishga asos bo`ladi.
Bundan tashqari birinchi ustundagi barcha 29 raqamli yig’indini olib, uni 29 ga bo`lsak, o`quvchining o`rtacha qiziquvchanlik darajasi kelib chiqadi.



Yüklə 158,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin