47.Sobiq ittifoqda eksperimental psixologiya fanining taqdiri. Rus psixologiyasida diagnostik metodlardan foydalanish o‘z tarixiga ega. Bu jarayonda shartli ravishda 2 bosqichni ajratish mumkin.
Birinchi bosqich o‘tgan asr 20-yillarining boshidan 30 yillar o‘rtasigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu davrda pedagogika va psixotexnikada test metodlari keng tarqaldi. Bunga bog‘liq ravishda pedalogiya – bola haqidagi fan rivojlana boshlandi. Uning predmeti – bolalar hayotini o‘rganish, irsiyatning rolini, jismoniy va ma'naviy taraqqiyot qonunlarini aniqlash, bolalar psixikasida kasallik ko‘rinishlarini o‘rganishdan iborat (K.N.Kornilov, 1917). Bu davrda psixologik diagnostikaning rivojlanishiga M.S.Bernshteyn, L.S.Vigotskiy, P.P.Blonskiy, S.G.Gellershteyn, N.D.Levitov, G.I.Rossolimo, P.I.Shpilreyn, A.M.Shubert va boshqalar katta hissa qo‘shdilar. Olimlar tomonidan ilgari surilgan qator ilg‘or fikrlar keyinchalik rivojlantirilmadi, chunki 1936 yildan keyin bu sohadagi barcha tadqiqotlar to‘xtatildi va psixodiagnostikaning keyingi rivojlanishiga jiddiy to‘siq Yuzaga keldi. Mashhur rus psixologi L.S.Vigotskiy shaxs psixik taraqqiyoti xususiyatlarini o‘rganishga muhim hissa qo‘shdi. Uning ta'limoti insonga xos bo‘lgan psixik jarayonlar va inson ongining tarixiy rivojlanishiga bag‘ishlandi. Uning fikricha, bolalar psixik taraqqiyoti insoniyat madaniyatini o‘zlashtirishi natijasida ro‘y beradi. Bunda shaxs shakllanishida ta'lim va tarbiya jarayonlari etakchi rol o‘ynaydi.
Psixodiagnostikaning rivojlanishidagi ikkinchi bosqich 50 – 60-yillarga to‘g‘ri keladi. Bu davrda aqliy taraqqiyotni o‘rganishga katta e'tibor berildi. Jumladan, A.A.LYublinskaya tadqiqotlarida nutq va uning funktsiyalarining rivojlanish xususiyatlari o‘rganilgan. A.R.Luriya rahbarligida faoliyatni boshqarishda nutqning roli o‘rganildi. A.N.Leont'ev va A.V.Zaporojets rahbarligida asosiy psixik jarayonlarning rivojlanishida faoliyatning roli o‘rganilgan. D.B.Elkonin rahbarligida nutqning rivojlanishi va bog‘cha davrida o‘yinning etakchi faoliyat turi sifatidagi roli aniqlandi. Bu tadqiqotlardan olingan natijalar bolalar uchun ta'lim va tarbiya dasturlarini tuzishda asos bo‘lib xizmat qildi. Rus psixologlari tomonidan ishlab chiqilgan aqliy taraqqiyotni sifatiy tahlil qilish tamoyili qator vazifalarni hal qilishda o‘z mahsuldorligini namoyon qildi va ko‘pgina tadqiqotlarda o‘z aksini topdi . Psixologik diagnostikaning kichik amaliy yo‘nalishi u yoki bu hodisalarni bilishga va tavsiflashga qaratilgan. B.G.Ananev (1968) psixologik diagnostikani psixologik tadqiqotlarga qaratilgan yo‘nalish, deb ta'riflaydi, uning maqsadi, psixofiziologik funktsiyalar, jarayonlar va shaxs xususiyatlari rivojlanish darajasini aniqlash, turli qo‘zg‘atuvchilar ta'sir qilganda inson holatini bilish, insonning mehnat qobiliyatini, layoqatini aniqlashdan iborat.
K.K.Platonov (1974) psixologik diagnostikani psixik hodisalarning xossa va xususiyatlarini o‘rganish haqidagi fan, deb hisoblagan. K.N.Gurevich (1974) esa insonlarni psixologik va psixofiziologik belgilari bo‘yicha ajratish va tavsiflash metodlari haqidagi fan deb hisoblaydi. V.V.Stolin va A.G.Shmelev (1984) psixodiagnostikani psixologik diagnoz qo‘yish haqidagi fan deb bilishgan.
Har bir mustaqil fan singari “Eksperimental psixologiya” fani ham o’zining rivojlanish tarixiga egadir. Eksperimental psixologiya mustaqil fan sifatida XIX asr o’rtalarida rivojlana boshladi. Psixologiyada eksperimental tadqiqotlarni qo’llanilishi va rivojlanishi bu fanning ilmiy-amaliy asosga ega ekanligini yana bir bor ko’rsatib berdi.Mashhur ingliz olimi F.Gal’ton 1884 –1885 yillar davomida bir necha seriyalardan iborat tajribalar o’tkazdi. Bunda 5 dan 80 yoshgacha bo’lgan hoxlovchilar arzimagan haq evaziga laboratoriyada o’z kuchi, reaktsiya tezligi; organizmning xislatlarini 17 ko’rsatkich bo’yicha tekshirishlari lozim edi. Bu haqida Dj.Kettell ham ta’kidlab o’tgan: qachonki asosini eksperiment va o’lchash, aniqlash tashkil qilar ekan, shundagina psixologiya haqiqiy va aniq fan bo’lishi mumkin. 1890 yilda nashr qilingan ilmiy ishida Dj.Kettell 50 turdagi laboratoriya testlarining ro’yxatini keltiradi. Hozirgi kunda ularni testdan ko’ra ko’proq topshiriqlar deb atash to’g’riroq bo’ladi. Bu topshiriqlar testlarga qo’yiladigan talablardan faqat ikkitasiga ega edi: uni qo’llash ko’rsatmasi mavjud hamda tadqiqotning (laborotor) ilmiy xarakteri ta’kidlangan edi. Bu talablarga ko’ra laboratoriya yaxshi jixozlanishi; testni o’tkazish vaqtida begonalar bo’lmasligi; barcha sinaluvchilarga bir xilda ko’rsatma berilishi, ya’ni ular nima qilishlari kerakligini yaxshi o’zlashtirib olishlari lozim edi.
Gerbart garchand psixologiyada eksperimentdan foydalanishning zarurligi va foydaliligini isbotlagan bo’lsa ham, lekin uning o’zi bu metoddan foydalanmadi.Psixologiyada eksperimentni tatbiq qilish bo’yicha dastlabki ishlarni fiziolog Veber (1796-1878) va fizik Fexner (1801-1887) amalga oshirdilar. Veber va Fexnerning maqsadi tashqi ta`sirotlar (fizik omillar) ta`sirida sezgilarning o’zaro munosabatlari sohasidagi qonuniyatlarni topishdan iborat edi. Fexner eksperimental metodlar asosida sezgilarning ortib borishi bilan ularni qo’zg`atuvchi ta`sirlar o’rtasidagi q’iyosiy munosabatni aniqlab, sezgi qo’zg`atgich logarifmiga proportsionaldir, degan psixofizik qonunni kashf etdi. Veber va Fexner o’tkazgan tajribalar «Psixofizika» degan alohida fanning paydo bo’lishiga olib keldi.
Veber va Fexner ishlarining ahamiyati, asosan, shundan iboratki, ular birinchi bo’lib psixologiyani, tabiat fanlari singari, eksperimental fanga aylantirish mumkin ekanligini isbotladilar. Shu vaqtgacha faqat kuzatish, asosan o’z-o’zini kuzatishdan foydalanib kelayotgan psixologiya, endi aniq fanlardagi ob`ektiv metoddan foydalana boshlaydi.
Eksperimental psixologiya taraqqiyotida ayniqsa nemis fiziologi va psixologi Vilgelm Vundtning (1832-1920) ishlari katta ahamiyatga ega bo’ldi. Vundtgacha faqat ichki tajribadan va o’z-o’zini kuzatishdan foydalanib kelgan psixologiya faqatgina ijtimoiy fan edi. Vundt eksperiment va o’lchash metodlarini zarur deb topib, psixologiyani eksperimental fanga aylantirishni maqsad qilib qo’ydi. Vundt psixologiya uchun klassik metodlar bo’lib qolgan bir qancha metodlarni, ya`ni kuzatish metodi, ifodalash metod I va reaktsiya metodlarini kashf etdi hamda rivojlantirdi. Vundt 1879 yili Leyptsigda birinchi eksperimental psixologiya laboratoriyasini tashkil qildi.
Vundt shug`ullangan masalalardan biri o’sha vaqtda astronomlar tomonidan ochilgan diqqatni bir vaqtda ikkita har xil ko’zg`atuvchiga to’plash mumkin emasligi haqidagi masala edi. Bu hodisani aniqlash uchun Vundt (laboratoriya tashkil qilingunga qadar) 1861 yilda alohida mayatnik o’ylab chiqardi (Vundt mayatnigi). Bu mayatnik graduslarga bo’lingan yoy atrofida harakatlanadi va har bir ma`lum vaqtdan keyin shig`irlaydi. Bu psixologik eksperimentlar uchun kashf etilgan birinchi asbob edi.
Ilmiy psixologiyani rivojlantirish uchun Vundt qo’shimcha vosita sifatida turdosh fanlar, ayniqsa fiziologiya, astronomiya, geografiya, tarix va boshqa fanlardan olingan ma`lumotlardan foydalanish zaruriyatini ilgari surdi.
1883 yilda Vundt o’z tajribalarini ommaga etkazish uchun “Falsafiy maktab” degan jurnalga asos soladi va bu jurnalga 1903 yilda “Psixologiya maktabi” degan nom beriladi. 1889 yilda Vundt laboratoriyasi psixologiya institutiga aylantirildi. 1887 yilda Vundt psixologik asbob-uskunalarni ishlab chiqaruvchi “E. TSimmerman” firmasiga asos soldi.
1882 yilda Germaniyada yana boshqa psixologiyaga oid laboratoriyalar ochildi.
Geytengen shahrida “Myuller”, Berlinda “Ebbingauz”, Freyburgda “Myustenburg”, Bonnda “Lips”, “Geydelburg”, “Strasburg”, “Gall”da psixologlarning kabinetlari ochildi. Keyinchalik esa Vyurtsburgda – Kyunpe, Frankfurtda – Shumann labratoiyalari ochildi.
1890 yilga kelib Ebbengauz va Kenning ishtirokida “Sezgi a`zolari psixologiyasi va fiziologiyasi” jurnaliga asos solindi. 1903 yilda E. Meymann “Umumiy psixologiya arxivi” degan jurnal nashr ettira boshladi.
Leyptsig laboratoriyasi va institutidan namuna olib boshqa mamlakatlarda jumladan, Frantsiya, Angliya va Amerikada laboratoriya hamda institutlar tashkil qilindi. XIX asrning oxirida Rossiyada ham bir qancha eksperimental psixologiya laboratoriyalari tashkil qilindi: Moskvada Tokarskiy, Qozonda Bexterev, Odessada N.N.Langerlar tomonidan shunday laboratoriyalar ochildi. 1911 yil Moskva universiteti huzurida, maxsus qurilgan binoda professor Chelpanov rahbarligida eksperimental psixologiya instituti tashkil qilindi. Hozirgi vaqtda bu institut RF Pedagogika fanlari akademiyasi sistemasiga kiradi.
Bundan tashqari Rossiyada Sechenov eksperimental psixologiyaning otasi sifatida tan olindi. Uning asosiy g`oyalari nevropotologiya va psixologiya patologiyalari edi. Shundan so’ng psixologiya va fiziologiyani bog`lab o’rganish avj oldi.
1886 yilda Kozonda Bexterev tomonidan birinchi psixologiya laboratoriyasi ochildi. 1983 yilda esa Bexterev tomonidan “Nevrologik axborotnoma” jurnaliga asos solindi. 1894 yilda Bexterev xarbiy akademiyada ikkinchi psixologiya laboratoriyasini ochadi. Bu erda asosiy e`tibor sezgilarga qaratiladi. 1986 yilda Bexterev asos solgan “Psixiatriya, nevrologiya, eksperimental psixologiya xabarnomasi” jurnalida akademiyada o’tkazilgan tadqiqotlar natijalari yoritiladi.
1907 yilda Bexterevning tashabbusi bilan Peterburgda ikkinchi psixologik nevropatologiya instituti ochiladi. 1918 yilda esa miya va psixik faoliyatni o’rganuvchi institutga asos solinadi.
XIX asrning 80 yillarida Xarkov va Yurev shaxarlarida psixologiya laboratoriyalari ochiladi. Xarkov laboratoriyasining asoschisi P.I.Kovalevskiy edi. 1883 yilda esa Kovalevskiy Rossiyada birinchi psixiatriya jurnali “Psixiatriya, nevrologiya va sud psixopatologiyasi” jurnalini nashr qildiradi.
Yurev shahridagi laboratoriyaning asoschisi Krepelin edi. 1891 yilda bu laboratoriyaga V.F.Chij rahbarlik qilgan. Bu laboratoriya dunyo bo’yicha Vundt laboratoriyasidan keyin ikkinchi o’rinda turadi.
1895 yilda psixiatr Korsakov laboratoriya ochib unga rahbarlik qilishni Tokarskiyga topshiradi. Bu laboratoriyada sezgi, idrok, xotira o’rganilgan. Bu erdagi ma`lumotlar “Laboratoriya qaydlari” degan jurnalda yoritib borildi.
1912 yilda Rossiyada psixologiya institutiga asos solindi. Bu institutga G.I.CHelpanov rahbarlik qildi. I.A.Skorskiy Kievda ochgan laboratoriyada aqliy faoliyat va toliqish muammolari o’rganildi. 1985 yilda I.A.Skorskiy asos solgan “Nevropsixik tibbiy muammolar” jurnali chop etildi.
1892 yilda Odessadagi “Novorossiysk” universiteti filologiya fakulteti qoshida faylasuf va psixolog N.N.Lange laboratoriya ochdi. Bu erda idrok va xotira muammolari o’rganildi.
Professor A. F. Lazurskiy (1874-1917 y.) tomonidan eksperimental metodning alohida turi – tabiiy eksperiment ishlab chiqarilgan. Eksperimentning bu turidan bizda bolalar psixologiyasini o’rganishda, pedagogika masalalarini, ayniqsa, ta`lim psixologiyasi masalalarini ishlab chiqarishda keng va unumli foydalanilmoqda.
Eksperimental metodning tatbiq qilinishi psixologiya fani taraqqiyotiga juda unumli ta`sir ko’rsatdi.
Bu metod yordamida oddiy kuzatish yoki o’z-o’zini kuzatish yo’li bilan aniqlash qiyin bo’lgan yoki butunlay mumkin bo’lmagan ko’p ma`lumotlar aniqlandi, ayrim psixik hodisalar o’rtasidagi bog`lanishlar aniqlangan, psixik protsesslardagi, ayniqsa, sezgilar, diqqat, idrok, xotira sohasidagi ba`zi bir qonuniyatlar ochilgan.
Eksperimental analiz yo’li bilan murakkab psixik protsesslar (idrok, xotira, tafakkur)ning alohida komponentlari tarkibiy qismlari ajratilgan, psixik protsesslarning fiziologik hodisalar bilan, shuningdek, tashqi fizik muhit hamda ijtimoiy muhit bilan bo’lgan bog`lanishlari ochilgan.
Eksperimental tekshirishlarning yakunlari, shuningdek, eksperimental metodning usullaridan foydalanish praktik faoliyatning turli sohalarida – o’quv tarbiya ishlarida, meditsinada, mehnatni tashkil qilish va ratsionalizatsiyalashtirishda, sud ishlarida, san`atda juda ko’p foyda keltiradi.
AQSHda eksperimental psixologiyaning rivojlanishida evropalik olimlarning xissasi kattadir. Amerika psixologiyasining asoschilari S.T.Xoll, D.Kettel, D.Endjel, Skripcher kabilar edi. Ular uzoq vaqt Leyptsig shaxridagi Vundt laboratoriyasida ta`lim olishgan.
AQSHga Evropadan ko’chib kelgan psixologlar E.Titchener, G.Myustenger, K.Levin, Mak-Dugalli kabi psixologlar eksperimental psixologiyani AQSHga olib kirdilar.
1883 yilda Baltimor shaxridagi D.Gopkins universitetida Xoll ta`lim olib, AQSHda birinchi laboratoriyani ochdi. 1888 yilda Vorchestordagi S.Klarks universitetida Xoll ikkinchi laboratoriyani ochdi. Bu laboratoriyani E.Sanford boshqardi. 1891 yilda “Pedagogik seminar” uyushtirildi.
1877 yilda “Amerika psixologiyasi” jurnali, 1915 yilda “Amaliy psixologiya” jurnaliga asos solindi. 1892 yilda Xoll tashabbusi bilan Amerika psixologlari assotsiatsiyasi tuzildi. Bu assotsiatsiyaning birinchi prezidenti etib Xollning o’zi tayinlandi.