1. Emotsiyalarning shaxs shakllanishidagi o’rni


Shaxs xarakteri va temperamentini eksperimental o’rganish



Yüklə 158,86 Kb.
səhifə36/64
tarix22.06.2022
ölçüsü158,86 Kb.
#62068
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   64
eksperimental psixologiya

49.Shaxs xarakteri va temperamentini eksperimental o’rganish 
Shaxs xarakteri va temperamentini eksperimental o’rganish.


Maqsad: Shaxs xarakteri va temperamentini Frayburgning test savolnomasi yordamida eksperimental o’rganish
Kerakli jihozlar: metodika namunasi, javoblar varaqasi

Frayburgning test savolnomasi 1903 yili Y.Farenberg, X.Zarg, R.Rampi kabi tadqiqotchilar tomonidan amalda qo‘llanildi. Test birinchi marta 1970 yili, ikkinchi marta 1973 yili nashr qilindi, uchinchi nashri esa 1978 yilda chiqdi.


Bu metodika inson shaxsining ba’zi bir xususiyatlarini tashxis qilish uchun yaroqli bo‘lgan ko‘p omilli testdir. Bu amaliy va ilmiy tadqiqot maqsadlari uchun muhim marbadir. Savolnoma shaxs omili to‘g‘risida har tomonlama ma’lumotlar beradi.
Test tadqiq qilinuvchilarning keng ommasiga mo‘ljallangan. Ushbu metodikaning qiskartirilgan varianti ham bor. Testni yakka holda yoki guruhiy shaklda qo‘llash mumkin. Bajarish uchun vaqt savolnomaning shakliga bog‘liq bo‘lib u 20 daqiqadan 50 daqiqagacha davom etishi mumkin. Tadqiqot uchun yo‘riqnoma, savolnoma va javoblar varaqasi zarur. FPI savolnomasi 12 olchamdan iborat.
Savolnomadagi savollar soni 114 ta. Faqat 1-savol hech bir o‘lchamga (shkalaga) xos emas, chunki u tekshirish harakteriga ega. I-XII shkalalar asosiy shkalalar xisoblanadi.
Mardlik-nazokatlilik-faollik, hammadan bilimdon, fahmlash topqirlikdir.
Sinov yakka holda yoki sinaluvchilar guruhi bilan o‘tkazilishi mumkin. Sinalayotganlar bir-biriga xalaqit bermaydigan holatda joylashtirilishi lozim. Tadqiqotchi tadqiqot maqsadini va savolnoma bilan ishlash qoidasini qisqacha bayon qiladi. Sinalayotganlarning topshiriqlarini bajarishiga ijobiy va qiziqish bilan munosabatda bo‘lishlariga erishish muhimdir. Ularning e’tibori ish paytida javoblar bo‘yicha maslahatlashishning va o‘zaro har muxokamaning mumkin emasligiga karatilmogi darkor.
Shundan keyin psixolog sinaluvchilarga diqqat bilan yo‘riqnomani o‘rganib chiqishni tavsiya qiladi, so‘ng savollar paydo bo‘lgan bo‘lsa, ularga javob beradi, savolnoma bilan mustaqil ishlashni taklif etadi.
Natijalar tahlilini tekshiruvchilar to‘ldirgan barcha javob varaqalarini birinchi savolga qanday javob berganligini aniqlagan holda qarab chiqishdan boshlash kerak.
Tekshirilayotgan kishi quyilgan savollarga ochiqchasiga javob berishni istamasa, tadqiqot amalga oshmagan deb hisoblanish kerak. Birinchi savolga ijobiy javob olingan taqdirda tadqiqotning natijalari ishlab chiqilgandan keyin yuqori va quyi baholar ajratiladi.

Yüklə 158,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin