1. Etiket haqida ma’lumot. Etika


Etiketning “oltin qoidasi”



Yüklə 53,09 Kb.
səhifə2/4
tarix18.04.2023
ölçüsü53,09 Kb.
#100025
1   2   3   4
Kasbiy etika va etiket to’g’risida tushuncha.

2.Etiketning “oltin qoidasi”
Etik tafakkurlar tarixida axloq tabiati haqidagi turli taʼlimotlar vujudga kelgan (qarang gedonizm, evdemonizm, utilitarizm). Hozirgi paytda gʻayrizoʻravonlik axloqshunosligi (Gandi, King, Sharp, Guseynov) muhim ahamiyatga ega. U yovuzlikka qarshi zoʻravonlik ishlatmasdan kurashishni tavsiya etadi — terror qilish, qon toʻkish, isyon koʻtarish bilan emas, muhabbat, kechirimlilik, yuksak axloqiylik, ezgu ixtiyor va iroda vositasida ish tutish lozim. Shuningdek, bugungi kunda hayotga ehtirom yoki universal etika (A.Shveyser), yangi tasavvuf etikasi (M.Qutqu, M.Joʻshon) insoniyat oldiga dolzarb axlokiy vazifalarni qoʻymoqda. Hayotga ehtirom insondan mavjudlikdagi har bir jonzotga — oʻsimlikka ham, hayvonlarga ham oʻz hayoti kabi oliy qadriyat deb qarashni talab etsa, yangi tasavvuf axloqshunosligi industrial jamiyatda nafsga qarshi kurashishning muhimligini isbotlab beradi.Endilikda etika oldida qator global muammolar turibdi; insoniyat hozir noosfera (texnikaviy muhit)da yashab, biosfera (biologik muhit)dan tobora uzoqlashib bormoqda, inson tafakkuri vujudga keltirgan fantexnika taraqqiyoti endilikda insonning oʻziga, uning mavjudligiga qarshi xavf sifatida ham maydonga chiqmoqda: atom, vodorod, neytron bombalarning, yadroviy kallakli ballistik raketalarning yaratilishi, olamiy okeanning, yer osti va yer usti suvlarining zaharlanishi kabi hodisalar ekologik tozalikdan ham koʻra axloqiy poklikni talab qilmoqda. Klonlashtirish, bir inson aʼzosini boshqa insonga koʻchirib oʻtkazish, evtanaziya (bemorning oʻz oʻlimini.tezlashtirish toʻgʻrisidagi iltimosini qondirish) va boshqalar muammolar ham axloqiy aralashuvga muhtoj.Oʻzbek milliy etikasi boshqa falsafiy fanlar kabi mintaqaviy tabiatga ega boʻlib, uning ildizlari Avestot borib taqaladi. Avestoda ilgari surilgan 3 fazilat — ezgu fikr, ezgu soʻz, ezgu amal yaxlitligidan iborat axloqiy gʻoya barcha davrlar oʻzbek etikasi uchun umumiy tadqiqiy asos boʻlib keldi. Tasavvufiy etikada mazkur yaxlitlik 4 fazilat yaxlitligi (ezgu fikr, ezgu soʻz, ezgu amal va maʼrifat) shaklida namoyon boʻldi (Aziziddin Nasafiy, Koshifiy). Naqshbandiya tariqati axloqshunosligida esa asosiy eʼtibor insonning zamon va makondagi roliga, axloqiy xattiharakatning zamon ehtiyojlarini hisobga olishi, ilohiy va insoniy fazilatlarning uygʻunligi masalasiga qaratildi (Bahouddin Yaaqshband, Alisher Navoiy). Oʻrta asrlar oʻzbek etikasida nazariy fikrlar bilan pandnoma usulidagi hikoyatlar omuxtaligi koʻzga tashlanadi (Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Yassaviy, Poshshoxoja). Bu jihatdan temuriylar davridagi pandnomalar, ayniqsa, Navoiyning „Mahbub ulqulub“ asari noyob hisoblanadi. Keyingi davrlardagi eng eʼtiborli pandnoma Gulxaniyshsht „Zarbulmasal“ asaridir. Jadidchilik harakati davrida axloqshunoslikka eʼtibor yanada kuchaydi; jadidlar milliy ozodlikka erishish yoʻlini xalq axloqiy darajasini va maʼrifatni yuksaltirishda koʻrdilar; Anbar Otinning „Qarolar falsafasi“, Avloniyshtg „Turkiy Guliston yoxud axloq“, Fitratnit „Najot yoʻli“, „Oila“ asarlarida shaxs axloqiy hayotining jamiyat taraqqiyotiga taʼsiri, yangicha turmush tarzining axloqiylik bilan bogʻliqligi masalalari koʻtarildi. Axloqiylikni sinfiylik va partiyaviylik kabi tamoyillarga boʻysundirgan shoʻrolar davri etikasi soxta fan sifatida oʻz vazifasini oʻtay olmadi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng, kechmish axloqiy qadriyatlari, anʼanaviy urf-odatlar, milliy va axloqiy tamoyil hamda meʼyorlar jamiyatda oʻz oʻrnini egallagach, etika fani ham taraqqiyot yoʻliga kirdi, etika tarixi va nazariyasiga doir yirik tadqiqotlar eʼlon qilindi (Y.Jumaboyev, E.Yusupov). Oʻzbekiston milliy untida etika va estetika kafedrasi mavjud; barcha oliy oʻquv yurtlarida etika fani oʻqitiladi. Hozirgi paytda olimlar (X.Shayxova, A.Sher, F.Zagritdinova, M.Mahmud va boshqalar) etika tarixi va nazariyasining dolzarb muammolariga doir yangi tadqiqotlar olib bormoqda.

Yüklə 53,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin